Germaniyadagi tabiiy gaz omborlarining töldiriş darajasi 100 foizga yetdi. Buni 15 noyabr kuni Yevropa gaz omborlari assotsiatsiyasi (GIE) e’lon qilgan ma’lumotlar va Germaniya Federal tarmoq agentligi hisoboti tasdiqlamoqda.

14 noyabr holatiga köra, jamğarilgan hajm 245,44 teravatt-soatni taşkil etgan, bu 100 foizlik 245,39 teravatt-soat körsatkiçidan biroz köproq. Taqqoslaş uçun, Federal tarmoq agentligi ma’lumotlariga köra, Germaniyada 2022 yilning yanvar va fevral oylarida jami 227 teravatt-soatdan kamroq tabiiy gaz iste’mol qilingan.

Yevropa Ittifoqi darajasida omborlarning töldiriş darajasi 95,6 foizni taşkil etdi.

Yevropa Ittifoqi suyultirilgan tabiiy gaz (STG) hisobiga Rossiya gaziga qaramligini 33 foizga qisqartirdi. Oktyabr oyida Yevropa Ittifoqida Rossiya gazining importi 7 foizni taşkil etdi, ötgan yillarda bu körsatkiç 40 foiz darajasida edi.