Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya ko‘chalaridan biriga qadamlarni elektrga aylantirib beradigan yo‘lak o‘rnatildi
Buyuk Britaniyaning shaharlaridan birida oyoq tovushlarini elektr energiyasiga aylantirib beradigan yo‘lak o‘rnatildi. To‘plangan energiyadan mobil telefonlarni zaryadlash imkoni paydo bo‘ladi.
Telford va Vrekin kengashlari shahar ko‘chalaridan biriga piyodalar yurganda yoki yugurganda energiya ishlab chiqaradigan olti metrli aqlli qoplamani o‘rnatdi.
To‘plangan energiya Shropshire shtatining Telford shahridagi skameykalar yonidagi zaryadlash punktlariga uzatiladi. Bu yerda odamlar mobil telefonlarini quvvatlantirishi mumkin.
Yo‘lovchilar qadamlari natijasida hosil bo‘ladigan energiya miqdorini ko‘rsatadigan ekran quyosh energiyasi bilan ishlaydi. Yo‘l qoplamasi rezina va zanglamaydigan po‘latdan yasalgan va soatiga 2,1 kVt elektr energiyasi ishlab chiqara oladi.
Aholining aksar qismi bu tashabbusni olqishlagan bo‘lsa, yana bir qismi iqtisodiy krizis paytida bunday qimmatbaho loyihalar kerak emas degan fikrda. Chunki Telford va Vrekin kengashlari iqlim o‘zgarishiga qarshi chora-tadbirlar uchun 4,5 million dollardan ortiq pul ajratgan. Qadamlarni elektrga aylantirib beradigan yo‘lak ham shu pullarning bir qismi hisoblanadi.
Mavzuga oid
15:20
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
17:36 / 26.05.2026
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi
13:18 / 15.05.2026
1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi
21:41 / 05.05.2026