Prezidentning 2022 yil 10 fevraldagi «Otaşin şoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludi 110 yilligini keng nişonlaş töğrisida»gi qarori ijrosi doirasida şoir haykali va uning nomi bilan atalgan xiyobon oçildi.

Namangan viloyati markazidagi eski guzarlardan birida Usmon Nosir onasi - Xolambibi bilan yaşagan xonadon aniqlanib, uşbu mahallaga Usmon Nosir nomi berildi. Namangan şahridagi köçalardan biriga ham şoir nomi berildi. Yangidan qad rostlagan 22-sonli umumta’lim maktabiga yondoş alohida muzey va kutubxona barpo qilindi.

Viloyat hokimligi kömagi bilan şoir jiyani Nodira Raşidovaning ança yillardan beri kitobxonlarga havola etilmay kelingan «Usmon Nosir» romani ikki jildlik kitob holida naşr qilindi. Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi a’zosi, faxriy jurnalist Rahim Irisovning «Özbekning Lermontovi», «Şe’riyat diydasida qotgan yoş» kitoblari çop etildi.

Namangan şahrining Hurriyat köçasida, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat boği atrofida Usmon Nosir xiyoboni bunyod etildi.