Seşanba kungi savdolar davomida oltin narxi biroz kötarildi, biroq bu uç oylik eng yuqori körsatkiçni yangilaş uçun yetarli böldi.

Nyu-York tovar birjasida (NYMEX) oltin uçun dekabr oyi şartnomalari kotirovkalari 0,2 foizga oşdi - bir troya unsiyasi uçun 1780,4 dollargaça. Bu 16 avgustdan beri eng yuqori körsatkiçdir.

Dekabr oyida yetkazib beriş uçun kumuş narxi 0,7 foizga tuşib, unsiya uçun 21,97 dollarni taşkil qildi.

Palladiy narxi 3,2 foizga kötarilib, unsiyasi 2104 dollarga, platina esa 1,1 foizga oşib, unsiyasi 1044 dollarga yetdi.

Oltin narxi ösişining asosiy omili dollarning zaiflaşişi hisoblanadi. Dollarning asosiy oltita jahon valutasiga nisbatan kursi dinamikasini kuzatuvçi ICE U.S. Dollar indeksi savdolar paytida taxminan 0,8 foizga pasaygan.

Bundan taşqari, kotirovkalarning oşişiga AQŞ davlat obligatsiyalari daromadining pasayişi ham yordam bermoqda, deb hisoblaydi Bannockburn Global Forex kompaniyasi katta strategi Mark Çandler.

«Daromadning pasayişi va zaiflaşayotgan dollar oltinga öz poygasini davom ettirişga yordam bermoqda», — dedi ekspert.