Qarşi tumani sobiq hokimi Maqsuda Sayfullayevna Mustafoyeva Qaşqadaryo viloyat markazi — Qarşi şahridagi 11-maktabga direktor etib tayinlangan.

Qarşi şahar hokimligi axborot xizmati Kun.uz’ga xabar berişiça, xalq deputatlari Qarşi şahar kengaşi Mustafoyeva nomzodini direktorlikka tasdiqlagan.

Maqsuda Mustafoyeva Özbekistonda hokimlikka ayol kişilarni tayinlaş bilan boğliq ajiotaj bölgan davrda, 2020 yil 4 mart kuni Qarşi tuman hokimi etib tayinlangan edi.

Maqsuda Mustafoyeva / Qaşqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

M.Mustafoyeva şu yilning 6 fevralida Qarşi tuman hokimi lavozimidan olingan edi. (Ayni paytda uşbu lavozimda pillaçilik va qorakölçilikni rivojlantiriş qömitasi raisining birinçi örinbosari bölib işlagan Behzodjon Yusupov faoliyat körsatmoqda).

Qarşi tumani hokimi sifatida işlagan davrida Maqsuda Mustafoyeva köplab şov-şuvli işlar bilan omma e’tiboriga tuşgandi.

Jumladan, Qarşi tumanida faoliyat yurituvçi «SULTON TEX GROUP» klasteri tugatilişida ham uning bevosita iştiroki bölgan. Klaster örniga tuzilgan fermerlar kooperatsiyasi esa davlat mablağlarini talon-taroj qiliş bilan maşğul bölgan. 

M.Mustafoyeva ğalla rejasini bajariş uçun çorvaçilik fermer xöjaligining ozuqa ğallasini ham tortib olayotgani haqida fermer şikoyat qilib çiqqan edi. Hokim maqsadiga yetişiş uçun IIB kuçidan foydalangan.

Qarşi tumanida ijtimoiy oğir ahvolga tuşib qolgan beş nafar ayolga toşkentlik tadbirkor tomonidan saxovat tariqasida uy-joy quriş uçun berilgan jami 100 million söm pul hokim tomonidan tarqatilib, qaytarib olingani şov-şuv bölgan edi