Amalga oşirilayotgan loyiha Ipak yöli böylab topilgan noyob madaniy boyliklarni asrab-avaylaşga kömaklaşiş, ularni himoya qiliş işlari samaradorligini oşiriş, Özbekiston madaniyati rivojiga katta hissa qöşiş, ikki mamlakat örtasidagi madaniy-gumanitar hamkorligi timsoliga aylanişga qaratilgan.

Ikki mamlakat örtasida diplomatiya aloqalari örnatilgani 30 yilligiga bağişlangan uşbu loyiha doirasida Özbekistonda yapon texnologiyalari va madaniy meros obektlari va predmetlarini saqlaş böyiça tajribasini joriy etiş közda tutilgan.

Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi, Özbekiston davlat tarix muzeyi hamda Termiz arxeologiya muzeyiga kolleksiyalar va eksponatlarni asraş uçun uskunalar, raqamli arxivlaş uçun zarur uskunalar, 3D skanerlar, 360 darajada suratga oladigan kameralar va boşqa jihozlar topşiriladi.