Şahar köçalarida jahon çempionatini eslatib turuvçi suratlar juda köp. Dohadagi baland binolarda maşhur futbolçilarning suratlarini köriş mumkin. Stadionlar atrofida asta-sekin muxlislar köpaya boşlagan. Bugun, 18 noyabrdan boşlab köçalarda muxlislar oldingi kunlardagiga qaraganda köproq.

Hozirça Qatar köçalarida eng köp Argentina va Braziliya milliy jamoasi liboslaridagi muxlislarni uçratiş mumkin. Ularning hammasi ham janubiy amerikalik emas, asosan hindistonlik va boşqa mamlakatdan kelganlar şu ikki jamoa libosida yurişibdi.

Muxlislarni asosan şahar markazidagi FIFA muxlislar festivali ötadigan hududda, stadionlar oldida va çipta sotiladigan yerlarda uçratiş mumkin.