V.Norov mehmonni qutlar ekan, elçining Özbekiston-Yaponiya munosabatlarini mustahkamlaşga qöşgan şaxsiy hissasini qayd etdi. Yoşinori Fujiyama Özbekistondagi faoliyati davomida mamlakat jadal rivojlanişiga xizmat qilgan keng kölamli islohotlarga guvoh bölganini ta’kidladi. 

Qayd etilganidek, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2019 yil dekabr oyida Yaponiyaga amalga oşirgan rasmiy taşrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa oçdi. Oliy darajadagi muloqot faol olib borilmoqda, parlamentlar, hukumatlar, vazirlik va idoralar, bank, moliya va işbilarmon doiralar örtasidagi almaşuvlar ijobiy sur’ati kuzatilmoqda.

Ikki mamlakat Taşqi işlar vazirliklari darajasida samarali maslahatlaşuvlarni davom ettiriş, savdo-iqtisodiy sohada özaro hamkorlik belgilangan mexanizmlaridan izçil foydalaniş, madaniy-gumanitar yönalişdagi tadbirlarni ötkaziş muhimligi ta’kidlandi.