Twitter'ning yangi egasi Ilon Mask 18 noyabr, juma kuni keçqurun AQŞ sobiq prezidenti Donald Trampning akkauntini blokdan çiqariş masalasi böyiça ovoz beriş jarayonini e’lon qildi. Foydalanuvçilar amerikalik tadbirkorning mikroblogida «ha» yoki «yöq» variantini tanlaşi mumkin.

Mask sörovnomaga lotinça «Vox populi, vox Dei» maqolini qöşib qöygan. Ovoz beriş 24 soat davom etadi. Dastlabki ikki soat içida tört millionga yaqin foydalanuvçi Tramp akkaunti blokdan çiqarilişi haqida öz fikrlarini bildirdi.

Kunning boşida tadbirkor uçta Twitter akkaunti blokdan çiqarilganini ma’lum qildi. Komediyaçi va aktrisa Keti Griffin, psixolog Jordan Peterson va Babylon Bee konservativ satirik portalining mikrobloglari ijtimoiy tarmoqda yana mavjud.

2021 yil yanvarida Kapitoliyga bostirib kirişdan keyin Twitter Donald Trampning akkauntini butunlay bloklab qöyganini e’lon qildi. Kompaniya bu qarorini «zöravonlik qözğatiş xavfi» mavjudligi bilan izohladi. Boşqa ijtimoiy tarmoqlar ham xuddi şunday qarorlar qabul qilgan. Keyinçalik Twitter AQŞ sobiq prezidentining akkaunti bloklanişini çetlab ötiş uçun yaratilgan sahifalarni ham blokladi.

Twitter sobiq moliyaviy direktori Ned Segal öşanda Tramp yana prezidentlikka nomzodini qöygan taqdirda ham ijtimoiy tarmoqqa kira olmasligini aytgan edi. «Bizning siyosatimiz şunday işlaydi: agar siz platformadan öçirilgan bölsangiz, unda siz platformadan öçirilasiz», deb tuşuntirdi Segal.

Ilon Mask Twitter'ni sotib oliş böyiça kelişuv çoğida Financial Times naşriga bergan intervyusida Trampning akkauntini bloklaşni xato deb bilişini, çunki bu qaror AQŞ sobiq prezidentining «öz ovozini yöqotişiga» olib kelmaganini aytdi. Uning fikriça, doimiy taqiqlar faqat botlarga, firibgarlarga yoki spam yuboruvçi foydalanuvçilarga qarşi qöllanilişi kerak.

15 noyabr, seşanba kuni Donald Tramp 2024 yilgi AQŞ prezidentligi saylovlarida iştirok etişini ma’lum qildi. Ijtimoiy sörov natijalariga köra, u respublikaçi boşqa nomzodlar bilan soliştirganda yaqqol yetakçilik qilmoqda. Konservatorlar orasida sobiq prezident özining partiyadoş raqiblaridan köra maşhurroq va köplab fanatik tarafdorlarga ega.