Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston elektr energiyasi 25 foizini qayta tiklanadigan manbalardan ishlab chiqarishni rejalashtiryapti
Yevropadagi Modern Diplomacy saytida «Xorijiy investorlar O‘zbekistonda energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni olqishlamoqda» sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Unda qayd etilishicha, transmilliy energetika kompaniyalari O‘zbekiston energetika sohasini rivojlantirishga yondashuvini yuqori baholagan, chunki mamlakat toza energiya manbalariga o‘tishni jadallashtirish va xususiy sektor ishtirokini oshirishga intilmoqda.
«O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy forumda so‘zga chiqqan Fransiya yirik kommunal kompaniyasi - EDF hamda elektr stansiyalari ishlab chiqaruvchisi, investori va operatori bo‘lgan ACWA Power vakillari O‘zbekiston hukumati tomonidan qo‘yilgan energiya maqsadlarini, uzoq muddatli hamkorlik yondashuvi va qayta tiklanadigan energiya manbalari ulkan salohiyatini yuqori baholadi», deb yozadi nashr.
Maqolada ta’kidlanganidek, energetika sohasi O‘zbekiston iqtisodiyoti muhim qismi bo‘lib, 2021 yilda yalpi ichki mahsulot 17 foizini tashkil etdi. «O‘zbekiston 2026 yilga borib elektr energiyasi 25 foizini qayta tiklanadigan energiya manbalaridan ishlab chiqarish va 2050 yilga borib atmosferaga uglerod chiqindilarini nolga tenglashtirish bo‘yicha ulkan maqsadni belgilab olgan», deya ta’kidlaydi Modern Diplomacy.
Mavzuga oid
17:36 / 26.05.2026
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi
13:18 / 15.05.2026
1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi
21:41 / 05.05.2026
Qozog‘iston 2027 yilda Rossiyadan elektr energiyasi olishni to‘xtatadi
12:57 / 07.04.2026