Kun.uz bu muhim taşrif oldidan muştariylarga Luvr muzeyiga oid qiziqarli faktlar va suratlarni taqdim etmoqda.

  • Luvr – eng köp tomoşabin taşrif buyuruvçi muzey bölib, yiliga 10 mln kişilik marrani bundan 10 yil muqaddam zabt etgan. Hozirga qadar ham biror muzey bunday körsatkiç bilan maqtana olmaydi;
  • Fransuz revolyutsiyasi tuzilgan 1793 yildayoq jamoatçilik uçun oçilgan bu maskan fransuz qirollarining saroyi va ma’muriy binolari jamlanmasi bölgan;
  • “Luvr” atamasining ma’nosi “Börilar örmoni” degan ma’noni beradi. Saroy mana şu nomli örmonda tiklangani bois atama muzeyga boğlanib qolgan;
  • Bu muzeyni bir kunda aylanib çiqişning amalda iloji yöq. Biror eksponat oldidan töxtamay şunçaki tomoşa qilib çiqiş uçun ham kamida bir hafta vaqt kerak;
  • Muzey törtta binodan iborat va ularni ajratib turiş uçun qanotlar deb ataşadi. Umuman, bu kompleksning hammasi ham muzeylardan iborat emas, faqat birinçi va ikkinçi qavatlarda eksponatlar joylaşgan. Binolar bir qismidan ma’muriy maqsadlarda foydalaniladi. Masalan, Fransiya moliya vazirligi şu yerda joylaşgan;
  • Muzeyning ikkita öziga xos “filiali” bor. Ulardan biri Fransiyaning Lans şahrida joylaşgan va unda Luvrning ayrim eksponatlari almaştirib namoyiş etib boriladi. Ikkinçisi BAAning Abu-Dabi şahrida bölib, unda köproq şarq va ğarb uyğunligidagi san’at asarlari namoyiş etib boriladi;
  • Luvr yonida Misr piramidalarining oynavand timsoli joylaşgan. Buning öziga xos sabablari bor – aynan qadimgi Misr topilmalari ortidan Misrşunoslik degan alohida fan şakllana boşlagan. Luvr ham bu borada boy eksponatlarga ega;
  • Navbatlarni kamaytiriş, kiriş-çiqişni osonlaştiriş uçun qurilgan oynavand piramida katta tortişuvlarga sabab bölgan. “Da Vinçi siri” kitobi muallifi Den Braun öz asarida ta’kidlaganidek piramida 666 ta emas, 673 ta oynadan iborat;
  • Luvrni maşhur qilgan uning eksponatlari. Eksponatlar deganda esa birinçi navbatda Leonardo da Vinçi möyqalamiga mansub “Mona Liza” kartinasi keladi. Fransuzlar uni “Jokonda” deb ataydilar va qattiq qöriqlaydilar. Bunga öziga yaraşa sabab bor – 1911 yilda “Mona Liza” muzeyning italiyalik xodimi Vinçetso Peruja tomonidan öğirlab ketiladi. Öğrining maqsadi suratni tarixiy vataniga qaytariş edi. Ikki yildan keyin kartina çindan ham Italiyadan topiladi va darhol Parijga qaytariladi;
  • Dastlab çipta olişda, keyin “Mona Liza”ning yoniga yetib kelişda katta navbatda turgan ixlosmandlarning aksariyati hafsalasi pir böladi. Çunki bu maşhur kartina öq ötmas oyna ortiga qöyilgan va köpçilik tasavvuridan köra kiçkina. Qolaversa, uni bemalol tomoşa qiliş imkoni ham yöq, odamlar oqimi şu qadar katta.