Aftidan yaşaş narxi arzon bölmagan Qatarga köplab muxlis va jurnalistlar öyin kuni yetib kelişga qaror qilgan. Uç yil avval aynan jahon çempionati uçun qurilgan Qatar metrosida yölovçi köpayganidan odamlarni ma’lum muddat köçada uşlab turişga majbur bölişmoqda. Aks holda bekatlarda odam köpayib ketib, tiqilinç yuzaga kelişi mumkin. Olomonni esa yer ostidan köra yer ustida jilovlaş osonroq.

Foto: Tribuna.uz
Foto: Tribuna.uz

Korniş deb ataluvçi sohil böyi va JÇ hamkori bölmiş Hublot soati örnatilgan maydonda odam juda köp. Bu maydonlar oldidan metro yaqinida aynan odamlar oqimini töğri taqsimlaş böyiça maxsus guruh işlamoqda. Ular orasida yevropalik mutaxassislar ham bor.

Foto: Tribuna.uz
Foto: Tribuna.uz
Foto: Tribuna.uz

Qatarga jahon çempionati vaqtida kirişga imkon beruvçi Hayya Card (elektron viza) sohiblariga metrodan foydalaniş bepul. Yaşil, qizil va oltin deb nomlangan uçta yönalişda harakatlanuvçi poyezdlar şaharning barça markaziy joylariga olib boradi. Tabiiyki, stadionlarga metro bilan osongina yetib boriş mumkin. Metro bormaydigan arenalarga esa avtobusda borsa böladi va ular ham elektron vizasi bor, media akkreditatsiyaga ega mehmonlar uçun bepul.

Foto: Tribuna.uz
Foto: Tribuna.uz