20 noyabr kuni Andijon şahrining 3-kiçik dahasida köp qavatli uylarning birida yonğin sodir böldi.
FVV matbuot xizmati xabar berişiça, yonğin töğrisidagi xabar viloyat FVBga soat 21:09 da kelib tuşgan. Soat 21:18 da voqea joyiga 12 ta yonğin-qutqaruv ekipaji va 3 ta avtonarvon yetib borgan.
Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, hududga viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov boşçiligidagi işçi guruh ham borgan.
Yonğin soat 21:40 da qurşab olingan va soat 22:25 da bartaraf etilgan.
«Yonğin oqibatida köp qavatli uyning taxminan 400 kv. m maydonda tom qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bölganlar yöq», deyiladi FVV xabarida.
Hozirda yonğinning kelib çiqiş sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Andijon viloyati hokimiga ham yonğin töliq öçirilgani haqida axborot berilgan. Viloyat rahbari vaziyatni öz nazoratiga olgan.
Viloyat hokimi topşiriği bilan holat böyiça quriliş ştabi taşkil etilgan. 21 noyabr kuni Andijon şahridagi 3-kiçik dahaning yonğin sodir bölgan mazkur köp qavatli uylarida quriliş-ta’mirlaş işlari boşlanadi.

















