Eron 21 noyabr, duşanbaga ötar keçasi Iroq şimolidagi eron-kurd muxolif guruhlari pozitsiyalariga yana hujum qildi. «Eron inqilob muhofizlari korpusi yana bir bor Eron-Kurd partiyalari pozitsiyalarini bombardimon qildi», dedi Iroqdagi Kurdiston muxtoriyatining terrorizmga qarşi kuraş agentligi. U qurbonlar bor-yöqligiga aniqlik kiritmadi.
Eron Kurdistoni Demokratik partiyasi (PDKI) va «Komala» millatçi eron-kurd taşkiloti Eron tomonidan nişonga olinganini bildirdi. «Bu palapartiş zarbalar Eron terroristik rejimi Eron Kurdistonida davom etayotgan norozilik namoyişlarini töxtata olmayotgan bir paytda sodir böldi», — deb xabar berdi PDKI özining Twitter mikroblogida.
21 noyabr kuni ertalab INA Iroq davlat axborot agentligi ham Iroq Kurdistonidagi uçta «Eron muxolifat partiyasi»ga Eron dronlari va raketa hujumlari amalga oşirilgani haqida xabar berdi. Xuddi şu nişonlarga qarşi şunday zarbalar bir hafta oldin ham qilingan edi.
Tehron Iroq şimolidagi eron-kurd guruhlarini Eronda hukumatga qarşi ommaviy namoyişlarni kuçaytirganlikda aybladi. Eronda yoş kurd qizi Mahsa Aminiy vafot etganidan beri kurd taşkilotlari Erondagi namoyişlarni qöllab-quvvatlab, namoyişçilarni bostiriş jarayonini keskin tanqid qilib keladi.
Mahsa Aminiy 13 sentabr kuni Tehronda politsiya tomonidan hibsga olingan edi. Hibsga olinganidan köp ötmay u kasalxonada vafot etdi. Faollar politsiyani Aminiyga yomon munosabatda bölganlikda ayblamoqda. Uning ölimi Eronda bugungi kungaça davom etib kelayotgan hukmron rejimga qarşi ommaviy noroziliklarga sabab böldi.

















