Kun.uz muxbirining Parijdan xabar berişiça, körgazma hali rasman oçilmagan bölsa-da, unga qiziqiş yuqori. Muzeydagi Özbekiston uçun ajratilgan zallar gavjum ekanidan ham buni seziş qiyin emas. Körgazma rasman Özbekiston Prezidenti taşrifi doirasida oçiladi.

Ta’kidlaş kerakki, körgazma Buyuk Ipak yöli tarixi haqida hikoya qiladi va ikki ming yildan ortiq vaqtni qamrab oladi. Körgazmadan 168 ta muzey eksponati, xususan, Özbekistonning 13 ta muzeyidan 137 ta, şuningdek, dunyoning yetakçi muzeylaridan 31 ta eng qimmatli eksponatlar taqdim etiladi, ularning aksariyati birinçi marta namoyiş etilmoqda.

Körgazma kelgusi yilning 6 martiga qadar davom etadi.