Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumani hokimligi axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 15 noyabr kuni soat 16:53 larda Şarof Raşidov tumanida mast er xotinini döpposlab, uning vafot etişiga sababçi bölgan.

Şarof Raşidov tumani “Yangidiyor” MFYda yaşovçi 1972 yilda tuğilgan erkak mast holda qöli bilan xotini, 1983 yilda tuğilgan ayol tanasining turli joylariga urgan. Oqibatda, oğir tan jarohatlari olgan ayol voqea joyida vafot etgan.

Qayd etilişiça, hodisa yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Şuningdek, viloyat prokuraturasi, viloyat IIB mas’ul rahbarlari, tuman sektor rahbarlari va boşqa mutasaddilar hamda mahalla ahli iştirokida mazkur jinoyat muhokama qilingan.

Avvalroq, Jizzax viloyati Foriş tumanida mast çöpon ikki nafar şerigini piçoqlab öldirgandi.