Loyiha doirasida 57 ta parkomat örnatiş, 2 ta evakuator va 2 ta parkon xarid qiliş közda tutilmoqda. Parkon – yengil avtomobil bölib, u töxtaş qoidalari buzilganini avtomatik qayd etuvçi moslama bilan jihozlangan böladi va parkomatlar örnatilgan köçalarda patrullik qiladi.
Davlat-xususiy şeriklik asosida parkomatlar taşkil etiladigan köçalar röyxati 2022 yil 2 fevraldagi prezident qarori bilan tasdiqlangan bölib, ular quyidagilar: Glinka, Bratislava, Mirobod, Avliyo ota, Taras Şevçenko, Said Baraka, Moştabib, Fidokor, Sodiq Azimov, Yakub Kolas köçalari.

Transport boşqarmasi bu 10 ta köça böyida taşkil etiladigan pulli töxtaş joylarining sxemalarini taqdim etdi.
Misol uçun, Mirobod köçasining boşidan oxirigaça (Mirobod dehqon bozoridan Kosmonavtlar metrosigaça) 11 ta parkomat örnatiladi. Bu parkomatlar 385 ta avtomobil joyiga taalluqli böladi, şundan 35 tasi – imkoniyati çeklangan şaxslar uçun möljallangan böladi.
























