HONOR 70 – özgaça telefon işlatişni istaganlar uçun

Telefon xarid qiluvçilar qurilmaning ikki jihatiga e’tibor qaratişadi: biri kamerasi va biri uning quvvat yetiş darajasi. Bugun bir oy mobaynida sinovdan ötkazilgan telefonning aynan şu parametrlar bilan boğliq tomonlari haqida gaplaşamiz. Bu qurilma HONOR 70. HONOR 70 smartfoni HONOR N seriyali smartfonlar avlodining oxirgi versiyasi bölib, ajoyib dizayn va körinişga ega. Öziga xos telefon işlatişni xuş köruvçilar ikkilanmasdan tanlaşga arziydi.

Kuçli kameralar – sifatli tasvirlar garovi

Qurilmaning asosiy kamerasi IMX 800 ultra sensorli, 54 mega pikselga ega. Ikkinçi kamerasi esa supermakro funksiyasiga ega 50 MP ultra keng burçakli obektiv, şuningdek 32 MP old kamera.

Bu telefonda boşqa qurilmalarda topilmaydigan ajoyib funksiya bor. Bu smart fokus. Har qanday foydalanuvçi uçun uşbu funksiya muhim hisoblanadi. Agarda bir jarayonni va öşa jarayondagi ma’lum şaxsni tasvirga oliş kerak bölsa ikkita kamera işlatiş kerak. Smart fokus esa uşbu jarayonni osonlaştiradi. Belgilangan odam xoh vertikal, xoh gorizontal körinişida tasvirga oliş mumkin.

Tasvir sifati esa alohida e’tirofga ega. 4k hajmda 30 FPS FullHD formatda esa 60 FPS tezlikda suratga oladi. Old va ham orqa kameralarning stabilizatori ajoyib uyğunlikni ta’minlaydi.

Tunda ham sifatli suratlar va video oliş imkoniyati

HONOR 70 optimallaştirilgan faoliyatni yaratadi va yoruğlik bölmagan şaroitda ham suratga oliş imkoniyatlarini yaxşilaydi. Endi foydalanuvçi qoronğilikda ham unutilmas suratlarni muhrlaşi mumkin.

Telefonning komplektida HONOR SuperCharge 66 vatlik quvvatlagiç bor. Bu esa sizga qurilmani 20 daqiqa içida 0 dan 60 foizga yetadigan quvvatni beradi. Işlaş jarayonida quvvat sarfi yuqori emas.

Dizayn haqida – yupqa va simmetrik