2022 yil sentabrida qirğiz-tojik çegarasida qurolli töqnaşuvga aylangan sönggi mojarodan keyin Qirğizistonning çegaradoş viloyatlari aholisini qurollantiriş masalasi kötarildi va qonunlarga özgartirişlar kiritildi.

Sönggi özgarişlarga köra, endi Qirğizistonning barça çegaradoş viloyatlari aholisi ov qurollarini xarid qiliş va foydalaniş uçun soddalaştirilgan tartibda ruxsat olişi mumkin. Buning uçun quroldan foydalaniş tajribasi yoki ovçilik taşkilotiga a’zolik talab etilmaydi.

Bundan taşqari, «Safarbarlik töğrisida»gi qonunga yangi atamalar – «köngilli otryadlar» va «ixtiyoriy safarbarlik» kiritildi. Endi Qirğizistonning 18 yoşga tölgan har bir fuqarosi öz ixtiyori bilan harbiy röyxatdan ötib, öz vatanini himoya qilişi mumkin.

Prezidentning safarbarlik e’lon qiliş vakolatlari ham kengaytirildi. Endi davlat rahbari buni parlament bilan kelişib olişi şartmas, u qarorni özi qabul qilişi mumkin. Buning uçun endi harbiy holat joriy qiliş ham şart emas.

Yangiliklardan yana biri şuki, safarbarlik çoğida aholi harbiylar talabiga köra, şaxsiy transporti va mol-mulkini taqdim etişi şart. Ilgari bu faqat harbiy holat şaroitida mumkin edi.

Ekspertlar fikriga köra, Qirğiziston tomonidan bunday özgarişlarning qabul qilinişi davlatning öz çegaralarini himoya qilişga ojizligini anglatişi mumkin.