Kelgusi qiş uçun mamlakatning energetik xavfsizligi ta’minlandi, dedi Germaniya kansleri. U hukumat tomonidan energiya narxlarining oşişini sekinlaştiriş böyiça çora-tadbirlarni esga olib, elektr va issiqlik energiyasini tejaganliklari uçun odamlarga minnatdorçilik bildirdi.
Germaniya kansleri Olaf Şolsning fikriça, joriy qişda energiya tanqisligi tahdidi amalda bartaraf etilgan. «Germaniya hozir inqirozni boşidan keçirmoqda, bugun buni aytişimiz mumkin: mamlakatimiz uni nazorat ostida uşlab turibdi. Germaniyaning joriy qiş uçun energiya xavfsizligi ta’minlangan. Germaniya inqirozga va qişga çidamli», - dedi u 23 noyabr, çorşanba kuni Bundestagda yangi federal budjet loyihasi böyiça umumiy muhokamalar çoğida.
Şols töldirilgan gaz omborlari, suyultirilgan tabiiy gaz (STG) qabul qiliş terminallari, energiya taşuvçilarni yetkazib beriş böyiça yangi şartnomalar, kömir yoqilğisida işlaydigan elektr stansiyalarini işga tuşiriş va atom elektr stansiyalarining işlaş muddatini uzaytirişni esga oldi. U mamlakat aholisiga energiyani tejayotgani uçun minnatdorçilik bildirdi. «Bu, ayniqsa, yaqinlaşib kelayotgan yangi yil va qiş fonida hamon juda muhim», - dedi u.
Kansler hukumat energiya narxining oşişini subsidiyalar bilan töliq qoplay olmasligini tan oldi, lekin bu maqbul daraja bilan çeklanişini ta’kidladi. Şols gaz va markazlaştirilgan isitiş uçun QQSning kamaytirilişini va dekabr oyida energiya narxining oşişi uçun bir martalik kompensatsiya tölanişini eslatdi.
Şolsning sözlariga köra, hukumat xususiy iste’molçilar va kompaniyalar uçun gaz, issiqlik va elektr energiyasi narxlarining oşişini sekinlaştiriş şaroitlarini yaratdi. Ular 1 martdan kuçga kiradi. Bunday holda, kompensatsiya nafaqat mart uçun, balki yanvar va fevral oylari uçun ham tölanadi.
Kansler hukumatning tuzilmaviy nosozliklar, energetika narxlari oşişi tufayli korxonalarning bankrot bölişi va yuz minglab iş örinlari yöqolişining oldini oliş uçun 200 milliard yevro ajratiş haqidagi qarorini töğri deb atadi. «Mamlakatimiz uşbu inqirozni yengiş va undan kuçliroq çiqiş uçun kuçga ega», - deya xulosa qildi Olaf Şols.
















