Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkilotining (IHTT) 22 noyabr, seşanba kuni e’lon qilingan yangilangan prognoziga köra, kelasi yil jahon iqtisodiyoti retsessiyaga yuz tutmaydi, Yevropa davlatlari esa 1970 yildan beri kuzatiladigan eng yomon energetika inqirozidan eng köp zarar köradi.
IHTT tahlilçilari global iqtisodiy ösiş bu yilgi 3,1 foizdan 2023 yilda 2,2 foizgaça sekinlaşişini, keyin esa 2024 yilda 2,7 foizgaça tezlaşişini başorat qilmoqda. «Biz retsessiyani başorat qilmayapmiz, lekin aniq zaiflaşuv davrini kutyapmiz», dedi IHTT rahbari Mattias Kormann.
Taşkilotning ta’kidlaşiça, global iqtisodiy pasayiş butun dunyo böylab notekis taqsimlangan va asosiy zarba Yevropaga tuşadi, çunki Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi işbilarmonlik faolligiga ta’sir körsatdi va energiya narxining kötarilişiga olib keldi.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti 19 ta yevrohudud mamlakati iqtisodiyoti joriy yilda 3,3 foizga ösişini, keyingi yili esa 0,5 foizga sekinlaşişini va 2024 yilda 1,4 foizga ösişini kutmoqda.
Taşkilot Germaniya yalpi içki mahsuloti böyiça öz prognozini yaxşilagan, ammo baribir sanoatga yönaltirilgan iqtisodiyoti Rossiyadan energiya importiga katta boğliq bölgan Germaniyada retsessiya kutilmoqda. Germaniya iqtisodiyoti kelgusi yilda 0,3 foizga qisqaradi, çunki IHTT sentabr oyidagi 0,7 foizga pasayiş böyiça öz prognozini kötardi.
Fransiya iqtisodiyoti 2023 yilda 0,6 foizga, Italiya iqtisodiyoti 0,2 foizga ösadi. IHTT Buyuk Britaniya iqtisodiyoti böyiça öz prognozini pasaytirdi – 0,2 foizga ösiş örniga, endi tahlilçilar 0,4 foizga pasayişni kutmoqda.
Rossiya iqtisodiyoti uçun IHTT tahlilçilari uç yillik retsessiyani başorat qilmoqda: bu yil 3,9 foizga, keyingi 5,6 foizga va 2024 yilda 0,2 foizga pasayiş.
«Pul-kredit siyosati böyiça, aksariyat ilğor iqtisodiyotlar va köplab rivojlanayotgan bozorlarda inflatsiya kutilmalarini işonçli tarzda uşlab turiş uçun uni yanada qat’iylaştiriş kerak», - deya ogohlantirdi Kormann.

















