Estoniyada 300 dan ortiq sovet yodgorliklari demontaj qilinadi
Estoniyada sovet davridagi yodgorliklarning ko‘pchiligi demontaj qilinadi. Qabrlarda yotgan askarlar qayta dafn qilinadi.

Foto: Getty Images
Estoniya hukumat buyrug‘i bilan tuzilgan maxsus ishchi guruh tomonidan tayyorlangan ro‘yxatdagi sovet obidalarining aksariyati demontaj qilinadi, dedi guruh rahbari Asko Kivinuk. «Davlat kanselyariyasi ishchi guruhi tomonidan tayyorlangan ro‘yxatdagi sovet obidalari imkon qadar tezroq demontaj qilinadi», dedi u 24 noyabr, payshanba kuni ERR teleradioeshittirish portaliga.
Kivinukning so‘zlariga ko‘ra, ro‘yxatda 322 ta sovet ramzlari tushirilgan yodgorlik va qabr toshlari mavjud bo‘lib, ulardan 133 tasi harbiylar dafn etilgan joylarga o‘rnatilgan, ularni demontaj qilish darhol boshlanishi mumkin, qabrlarda yotgan sovet askarlari qayta dafn etiladi.
Kivinuk qancha askar qayta dafn etilishi va qayerga dafn etilishini aytishga biroz qiynaldi. «Bu o‘ziga xos harbiy dafn qilinadigan joyga bog‘liq. Ba’zi qabrlarda halok bo‘lganlarning bir nechtasi, boshqalarida esa yuzlab askarlar dafn etilgan. Ular qayerga dafn etiladi? Bugungi amaliyotga ko‘ra, mahalliy hukumat bilan hamkorlikda ular eng yaqin qabristonga dafn etilishi mumkin», - dedi u.
Rasmiy shuningdek, qancha sovet yodgorliklari yo‘q qilinishi va qanchasi muzeylarga yuborilishiga aniqlik kirita olmadi. «Aniq raqam ayta olmayman, lekin ko‘pchiligi yo‘q qilinadi, deb o‘ylayman», — dedi u.
Ishchi guruh hukumatning 4 avgustdagi «Estoniya jamoat joylaridan okkupatsiya ramzlari tushirilgan yodgorliklarni ko‘chirish to‘g‘risida»gi qarori bilan tuzilgan. Uning faoliyati va ro‘yxat tuzuvchilarning ism-shariflari maxfiylashtirilgan, chunki ta’kidlanganidek, ularga «ishchi guruh a’zolariga ta’sir o‘tkazishdan manfaatdor kuchlar qarshilik ko‘rsatmoqda».
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Saudiya Arabistoni Suriyaning Jahon banki oldidagi qarzini to‘lab bermoqchi
Jahon | 21:18
-
Xorvatiyada og‘ir tan jarohati olgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
Jamiyat | 21:14
-
«AQShda Rossiya qarashlari ustunlik qilmoqda» – Zelenskiy Trampni Ukrainaga kelishga chaqirdi
Jahon | 21:13
-
Leapmotor avtomobili Piskentdagi sinovda ijobiy natija ko‘rsatdi. Taqiq hali yechilmadi
O‘zbekiston | 20:59
Mavzuga oid

20:15
Estoniyada harbiylarning shuhbali kemalarga hujum qilishiga ruxsat beruvchi qonun tasdiqlandi

13:58 / 12.04.2025
Estoniya Boltiq dengizida Rossiyaning «soyadagi floti» tankerini qo‘lga oldi

23:52 / 09.04.2025
Estoniya prezidenti Rossiya va Belarus fuqarolarining mahalliy saylovlarda ovoz berishini taqiqlovchi qonunni tasdiqladi

21:23 / 03.04.2025