Ötmiş aks-sadolari

Ispaniya nolinçi yillar boşida va sönggi ön yillik avvalida ikkita kuçli avlodga ega böldi. Hozir esa Yevropa va jahonni zabt etgan «qizil furiya»ning faqat aks-sadosi qolgan. Hozirgi tarkibda Yevro-2008 çempionlaridan heç kim yöq, JÇ-2010 oltin medallarini qölga kiritgan jamoadan esa birgina Serxio Buskets qolgan. Bugungi jamoaga öşa afsonaviy avlod vakillaridan faqat ikki kişi - u va Jordi Alba aloqador, ular Qatarda katta ehtimol bilan rotatsiya futbolçilari bölişadi.

Ispaniya milliy jamoasi ham töpga egalik qilişga asoslangan va töp yöqotilganda darhol pressingga kirişişni nazarda tutadigan futbolni tarğib etadi. Ammo endi bu tayanç nuqtalari va ijroçilar boşqa bölgan butkul boşqa jamoadir. Inersiya evaziga ispanlar hozirgaça sayyoraning eng yaxşi jamoalaridan biri sifatida köriladi. Tarkib qiymati (JÇ iştirokçilari orasida 5-örinda) ham buni tasdiqlaydi, ammo şu bilan birga Ispaniya — turnirdagi eng yoş yettinçi jamoa (örtaça yoş — 25,6 yil). Pedri, Gavi, Garsiya, Fati, Torres, Pino, Uilyams — ularning heç biri 22 yoşdan katta emas.

Murabbiyning kuçi

Ispaniya terma jamoasi deganda — birinçi navbatda jamoa öyinini belgilab beradigan yarimhimoya çiziği köz oldiga keladi. Bir mamlakatda bir vaqtning özida bu qadar köp ijodkor futbolçilar jamlanişi kamdan kam uçraydigan holat. Ispaniyaning avvalgi avlodining çinakamiga omadi kelgandi. Ammo bu qadar ulkan salohiyatdan aql bilan foydalaniş ham kerak böladi. Öşa Ispaniya buni uddalagandi. Avvalgi namunadagi Ispaniya özagi kataloniyaliklar uçburçagi Xavi — Buskets — Inesta uçligiga asoslangandi, bu futbolçilar har öyinda sehrli harakatlarni amalga oşirişardi. Ammo klubda doimo birga öynaladigan top darajadagi futbolçilar uçun vaziyatlar yaratiş boşqa iş, terma jamoa darajasida yangi jamoadoşlar bilan ham şu işni takrorlaş boşqa masala. Qolaversa, Messisiz.

Terma jamoa ğalabalariga poydevorni Luis Aragones qöygandi, u 2008 yili Yevropa çempionatida Ispaniya oltin davrini boşlab bergandi. Uning işini Visente Del Boske davom ettirdi va öyin mexanikasini uzil-kesil kataloniyalik futbolçilar asosiga ötkazdi. Bir muddat turğunlik davridan keyin Luis Enrike yoşi ötib borayotgan tarkibni qabul qilib oldi, bu vaqtda jamoaning eng yaxşi davrlari eski va zamonaviy futbol çorrahasida qolgandi.

Ispaniyalik murabbiylar murakkab qarorlar qabul qilişiga töğri keladi. Aragones Yevroga Raulni olib ketmagandi, Del Boske esa maydon markazida mahoratli futbolçilar juda köpayib ketgani tufayli Fabregas, Silva va Matani qurbon qilişga majbur bölgandi, Enrike esa asta-sekinlik bilan avlodlar almaşinuvini amalga oşirdi. Luis uçun bu iş begona emas, uning boşqaruvi davrida «Barsa» öyin uslubi timsoli bölgan Xavi avvaliga asosiy tarkibni, keyin esa butunlay jamoani tark etgandi. Enrike Fabregas va Aleksis, keyinroq Pedroni qöyib yuboriş böyiça ham murakkab qarorlar qabul qilişiga töğri kelgan.