Kanada federal hukumati ulkan rejalar haqida e’lon qildi: 2023 yil yanvardan boşlab 2025 yil oxirigaça mamlakat hukumati har yili 500 ming muhojirni qabul qilişni rejalaştirmoqda. Ya’ni, yaqin uç yil içida Kanada aholisi jami 1,5 million kişiga köpayişi kerak.
Aholi jon boşiga hisoblanganda, bu Buyuk Britaniya tomonidan qabul qiliş rejalaştirilayotgan muhojirlardan qariyb sakkiz baravar va AQŞ ma’muriyatinikidan tört barobar köpdir.
Şu bilan birga, yaqinda ötkazilgan ijtimoiy sörov şuni körsatdiki, Kanada rasmiylarining rejalari mamlakat aholisining kayfiyatini töliq aks ettirmaydi, ularning aksariyati çet elliklarning bunday ommaviy oqimidan qörqadi.
Önlab yillar davomida Kanada öz aholisi va iqtisodiyoti ösişini saqlab qoliş uçun yangi rezidentlar oqimini ataylab rağbatlantirib kelmoqda. Şu bilan birga, muhojirlarga Kanadada doimiy yaşaş huquqi beriladi, ammo fuqarolik emas.
Ötgan yili 405 ming kişi Kanadada yaşaş uçun ruxsatnoma oldi – bu mamlakat tarixidagi eng yuqori körsatkiç.
Sabablar oddiy arifmetika bilan izohlanadi. Köplab rivojlangan mamlakatlarda bölgani kabi, Kanadada ham tuğiliş darajasi doimiy ravişda pasayib bormoqda, aholining örtaça yoşi esa aksinça, doimiy ravişda ösib bormoqda. Bu Kanadani nafaqaxörlar mamlakatiga aylantiriş bilan tahdid qiladi. Bu esa mehnatga layoqatli yoşdagilarni qiynab qöyişi mumkin.
Kanada nafaqat muhojirlarni, balki qoçqinlarni ham qabul qiluvçi mamlakatdir. 2021 yilda hukumat 20 mingdan ortiq qoçqinlarga boşpana bergan. 2023 yilda bu körsatkiç 76 mingga yetkazilişi rejalaştirilgan.
















