23 noyabr kuni Yangihayot tumanidagi zavodlardan birida davlat bojxona xizmati organlari tomonidan noqonuniy muomaladan olib qöyilgan, qiymati 300 mln sömlik, jami 34 ming 200 quti tamaki mahsulotlarini keng jamoatçilik iştirokida yöq qiliş böyiça navbatdagi tadbir bölib ötdi.
Tadbirda bojxona, ekologiya, sanitariya-epidemiologiya xodimlari va majburiy ijro tuzilmalari xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Ma’lum qilinişiça, Toşkent şahar va Toşkent viloyati bojxona boşqarmalarining tezkor tuzilmalari boşqa idoralar bilan hamkorlikda 4 ta holatda tamaki mahsulotlarini noqonuniy muomaladan olib qöygan.

Jumladan, 30 mart kuni oldindan kuzatuvga olingan şaxs boşqaruvidagi yuk avtotransport vositasi Zangiota tumani hududida töxtatilib közdan keçirilganida, yukxonada xorijda işlab çiqarilgan va raqamli markirovka kodlariga ega bölmagan, qiymati 63 mln sömlik 7 ming quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlangan.
20 va 27 aprel kunlari Çilonzor tumanida ötkazilgan tezkor tadbirlarda avvaldan kuzatuvga olingan şaxslardan biri muqaddam noqonuniy yöllar bilan olib kirilgan va sifati kafolatlanmagan, qiymati 82,1 mln sömlik 8600 quti, yana bir şaxs esa 61,3 mln sömlik 5600 quti tamaki mahsulotlarini yuk maşinalariga ortayotgan vaqtida töxtatib qolindi.
2022 yil 21 iyul kuni Toşkent viloyati bojxonaçilari tomonidan aniqlangan navbatdagi holatda esa bojxona xodimlarini çalğitiş maqsadida qiymati 91 mln sömlik 4 turdagi 13 ming quti tamaki mahsulotlari yuk maşinasidagi yoğoç eşik romlari orasiga mohirlik bilan yaşirilgani foş qilingan.

Ma’lum bölişiça, aşyoviy dalil tariqasida olingan, qiymati 300 mln sömlik, jami 34 ming 200 quti tamaki mahsulotlari xorijda işlab çiqarilgan bölib, ular raqamli markirovka kodlariga ega bölmagan va aksiz markalari bilan qadoqlanmagan.
Sud hukmiga köra, yöq qilişi belgilangan tamaki mahsulotlari jamoatçilik guvohligida yoqib yuborildi.
“E’tibor bersak, insonlar soğliğiga yetkazadigan zarari haqida qonunçilikda belgilangan ogohlantirişlar uşbu tamaki mahsulotlarida mavjud emas. Şu jihat ham bu mahsulotlar noqonuniy olib kirilganini tastiqlaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda çekuvçilarning mulohazalarini öqib turaman. Ular qalbaki tamaki mahsulotlarini çekkanida maza qilişini aytişadi. Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, noqonuniy olib kirilayotgan tamaki mahsulotlari tarkibida nikotin va boşqa moddalarning miqdori me’yoridan köproq. Şu sababli qalbaki sigaretlar sifatliroqdek tuyuladi. Vaholanki, bularning odatiy tamaki mahsulotlariga nisbatan soğliqqa yetkazadigan zarari bir neça barobar yuqori”, deydi Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati rahbari v.b.















