Toşkent şahar IIBB ikki nafar noma’lum erkak ayolni kuç işlatib avtomaşinada olib ketgani aks etgan video yuzasidan ma’lumot berdi.
Aniqlanişiça, voqea 24 noyabr kuni Toşkent şahri Uçtepa tumanining 22-mavzesidagi köp qavatli uylar oldida sodir bölgan.
Xabarda 2000 yilda tuğilgan ayol M.A. 1992 yilda tuğilgan turmuş örtoği D.Ş. bilan örtalarida yuzaga kelgan oilaviy kelişmovçilik sababli bir nafar farzandini qoldirib Toşkent şahriga ketib qolgani aytiladi.
Şundan söng D.Ş. 1963 yilda tuğilgan otasi X.M. bilan davlat raqami 70 R 300 SA bölgan Tracker rusumli avtomaşinada harakatlanib, ayolni Uçtepa tumani hududida topadi va uni maşinaga çiqarib, Qaşqadaryo viloyati Koson tumanidagi uyiga olib ketgan.
Xabarga ayol turmuş örtoği va farzandi bilan birga tuşgan surat ilova qilingan.

«Hozirda M.A. oila davrasida soğ-salomat ekanligini ma’lum qilamiz.
Holat yuzasidan Qaşqadaryo viloyati IIB bilan hamkorlikda tergovga qadar tekşiruv ötkazilmoqda. M.A. va uning oilasi xotin-qizlar masalalari böyiça inspektorlari tomonidan töliq örganilmoqda. Tekşiruv yakuni böyiça aybdor şaxslarga qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanadi», deyiladi rasmiy xabarda.
Ayolning olib qoçilişi aks etgan video «Sukut saqlama» (Nemolchi.uz) loyihasi tomonidan e’lon qilingandi.
Içki işlar vazirining matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov voqea yuzasidan şahar IIBB tomonidan tezkor harakatlar olib borilayotganini bildirgandi.

















