Beeline Uzbekistan digital-operatori (VEON Group) Ookla kompaniyasining mukofoti ğolibi böldi. 2022 yilning 1- va 2-çoraklari natijalariga köra, Beeline foydalanuvçilarning mobil qurilmalarida videoni körişda trafikni uzatiş sifati va tezligi böyiça respublika böyiça eng yaxşi natijalarni körsatdi. Natijada “Eng yaxşi mobil video” nominatsiyasida Ookla® Speedtest AwardsTM mukofoti taqdim etildi.*

Ookla mobil va keng polosali tarmoqni tahlil qiliş, ilovalarni sinovdan ötkaziş va tegişli texnologiyalar böyiça global yetakçi hisoblanadi. Ookla reytinglari barça operatorlar abonentlari tomonidan Speedtest yordamida ötkazilgan testlarga asoslanadi.

Özbekistonda 2022 yilning I-II çoraklarida 5000 dan ortiq foydalanuvçi Ookla ilovasida ölçovlarni amalga oşirişgan va ular dasturiy ta’minot provayderi tomonidan tahlil qilingan. Beeline Uzbekistan “Eng yaxşi mobil video” nominatsiyasida eng yuqori – 69,32 ball bilan eng yaxşi natijani körsatdi va yaqin raqibidan deyarli 6 ballga özib ketdi. Provayderlarni baholaş metodologiyasini Speedtest ilovasining saytida batafsilroq örganiş mumkin.

2022 yilning birinçi yarim yilligi natijalari böyiça mukofot Speedtest uçun birinçisi emas. Avvalroq, 2021 yilda operator eng yaxşi mobil aloqa tarmoği, eng yaxşi qamrovi va eng tez internetga ega operator sifatida Ookla mukofoti sovrindori bölgan.

“Ookla reytingida Beeline doimiy yuqori natijalari tarmoqning keng kölamli rivojlanişi va kompaniyaning barça raqamli xizmatlari sifatini oşiriş böyiça olib borilayotgan işlar natijasidir. VEON’ning Özbekiston iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyasi bizga bu yil 4G formatidagi saytlarning yuqori uluşiga ega 14 800 ta baza stansiyalarini örnatiş imkonini berdi, bu mobil video sifatiga ham ta’sir qildi. Amalga oşirilgan işlar tufayli 2022 yilning boşidan buyon mijozlarimiz mobil internet orqali video tomoşa qiliş uçun jami 105 000 000 GB (105 petabayt) sarfladilar. “Eng yaxşi mobil video” nominatsiyasidagi ğalaba biz erişgan natijalarning mustaqil tasdiğidir”, — dedi Beeline Uzbekistan boş direktori Andjyey Malinovski.

***

Unitel MÇJ 2006 yilning 12 sentabridan boşlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar körsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan boş qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) şahrida joylaşgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON 7 mamlakatda 200 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylaşgan.

Beeline Uzbekistan'da 1,6 mingga yaqin xodim işlaydi. 2006 yildan buyon Özbekiston bozoriga kirişi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQŞ dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB'ning Özbekistondagi faoliyati davomida 1,9 milliard dollardan ortiq soliq tölangan.