Muammo tarixi
2018 yilda Avtomobil yöllari davlat qömitasiga 3 ta lift va eşik-romlar örnatib bergan “Doston Akfa Plus” MÇJ rahbari, tadbirkor Intizor Abdalniyozova 4,5 yildirki bajargan işlari uçun 270 mln söm miqdoridagi xizmat haqini ololmay keladi.
Tender tanlovini ötkazgan “Yangiyölquriliş” UK rahbarlari lift va eşik-romlar Avtomobil yöllari qömitasiga qöyilganini aytib, şartnomaviy majburiyatini bajarişdan böyin tovlayotgan bölsa, qömita tadbirkorga kim bilan şartnoma qilgan bölsa, öşalarga murojaat qilişni tavsiya qilib suvdan quruq çiqqan.
Tadbirkor foydasiga çiqqan sud qarorlari MIBga kelib, oddiy qoğozlarga aylanadi. Byuro direktori Hasan Kabirjonov sud qarorlarini ijroga qaratiş örniga tadbirkorga qölidan heç narsa kelmasligi, “Avtoyöl bilan murosa qiliş”ni tavsiya qilgan.

Maqoladan söng...
Avtomobil yöllari davlat qömitasi mas’ullari Kun.uz’da e’lon qilingan maqoladan söng 21 noyabr kuni tadbirkor bilan boğlanib, tahririyatga yozgan murojaatini qaytarib olişni, şunda keçgaça qarz tölab berilişini ma’lum qilgan. Biroq tadbirkor bunday qila olmasligini, barçasini qonun doirasida hal qilaverişlarini bildirgan. Şu kuni qömita raisining matbuot kotibi Kun.uz tahririyati Boş muharririga qönğiroq qilib, vaziyat böyiça izoh beriş örniga maqolani saytdan öçirişni söragan.
Bu orada “Yangiyölquriliş” UK vakillari tadbirkorning uyiga borib pulni tölab berişlarini, faqat buning uçun Kun.uz saytidagi maqolani öçirtirişni söragan.
23 noyabr kuni “Doston Akfa Plus” MÇJ hisobraqamiga 270 mln söm miqdoridagi qarzning 90 millioni kelib tuşgan. Şundan söng “Yangiyölquriliş” UK mutasaddilari unga saytda e’lon qilingan tanqidiy maqolani öçirtiriş şarti bilan pulning qolgan qismi ham tölab berilişini ma’lum qilgan. Abdalniyozovaga mas’ullar qömita raisi Abdurahmon Abduvaliyev ayni paytda umra ziyoratida ekani, u qaytgunça bu masala yopilişi şartligini aytişni ham unutişmagan.


















