“Yongin xavfsizligi oyligi” doirasida “Uzbekistan GTL” zavodi va unga qaraşli barça obektlarda ham amalga oşirilişi lozim bölgan çora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Tadbirlar doirasida zavodda işçi-xodimlarini tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilişga bağişlangan körgazmali maxsus-taktik öquv maşğuloti ötkazildi. Mazkur öquv maşğuloti obekt fuqaro muhofazasi tuzilmalari harakatini boşqariş böyiça hududiy tuzilmalar bilan hamkorlikda taşkil etildi.

Unda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengaşi, Öta muhim va toifalangan obektlarda xavfsizlikni ta’minlaş böyiça Respublika Idoralararo komissiya a’zolari hamda Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar, Içki işlar vazirliklar, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya mutaxassislari iştirok etişdi.

Öquv maşğulotini ötkazişdan maqsad “Uzbekistan GTL” zavodi rahbar xodimlari va Fuqaro muhofazasi tuzilmalarining sodir bölgan favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etiş işlarini taşkil qiliş böyiça bilim va malakalarini oşiriş va voqea joyda qidiruv - qutqaruv işlari, aholini evakuatsiya qiliş böyiça amaliy könikmalarini mustahkamlaşdan iborat.

Maşğulotlar jarayonida “Uzbekistan GTL” zavod hududida şartli ravişda suyuq uglevodorod rezervuarida yonilği sizib çiqişi oqibatida yonğin sodir böldi. 

Dastlab favqulodda holat bilan boğliq hududda sodir bölgan vaziyatda tegişli xizmatlarga xabar beriş böyiça dispetçerlik xizmatining harakatlari tekşirildi. “Yiğin” xabari orqali barça şaxsiy tarkiblarning saflanişi nazoratdan ötkazildi.

Şundan söng obektni qöriqlaş va mudofaa qiliş böyiça qöriqlaş bölinmalari, hududiy huquqni muhofaza qiliş boşqarmalarining hamkorlikdagi harakatlari amalga oşirildi.

Öquv maşqi maşğulotlarida barça qöyilgan topşiriqlar ustida işlanib, saviyalar oşirildi.

Zararlaniş öçoğida qutqaruv va boşqa keçiktirib bölmaydigan işlarni olib borişni taşkil etiş, öçoqda razvedka olib boriş, gazlangan hududda jabrlanganlarni qidiriş, ularni xavfsiz joyga olib çiqiş, tibbiy yordamga muhtojlarga yordam körsatiş va avariya-tiklaş işlari olib borildi.