«Men deyarli har soatda okkupantlarning Xerson va mintaqadagi boşqa jamoalarga hujumlari haqida xabarlar olaman. Bunday terror Rossiya armiyasi Xerson viloyatini tark etişga majbur bölganidan söng darhol boşlandi. Bu yutqazganlarning qasosidir», - deydi Ukraina prezidenti.

«Ular qanday kuraşişni bilmaydilar. Ular hozirgaça qila olgan yagona narsa - terror qiliş. Yo energetik terror, yo artilleriya, yo raketa terrori - Rossiya hozirgi rahbarlari davrida mana şunday degradatsiyaga uçradi», - deya qöşimça qildi Zelenskiy.

Bundan oldin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaning Ukraina energiya tarmoqlariga zarba berişini insoniyatga qarşi jinoyat deb atagandi. 

BMT Xavfsizlik kengaşining navbatdan taşqari yiğilişi iştirokçilariga videomurojaati çoğida u: «harorat noldan past bölib, millionlab odamlar energiya ta’minotidan mahrum bölganida, bu insoniyatga qarşi oçiq jinoyatdir», dedi.

Avvalroq Zelenskiy Moskvani Ukraina tomonidan amalga oşirilgan navbatdagi yirik raketa hujumi munosabati bilan terror va qotillikda ayblab, Ukrainaning BMTdagi elçisiga jahon taşkiloti Xavfsizlik kengaşining navbatdan taşqari yiğilişini ötkazişni söraşni topşirgandi. 

«Tinç aholining öldirilişi, fuqarolik infratuzilmasining vayron bölişi - bular teraktlar. Jahon hamjamiyati bunga qat’iy javob berişi kerak», - deya ta’kidladi u.