YTHda avtobus va ISUZU rusumli yuk mashinasi o‘zaro to‘qnashib ketgan. Hodisa oqibatida avtobus yo‘lovchilaridan ikki nafari vafot etgan. Qolgan yo‘lovchilar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
YTHga avtobusning qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgani sabab bo‘lgan. Hozirda hodisa bo‘yicha surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.








