Greta Tunberg va uning tarafdorlariga köra, Şvetsiya davlati iqlimni yetarliça himoya qilmagani bilan ularning fuqarolik huquqlarini poymol qilmoqda.
Ekologik faol Greta Tunberg va uning Aurora yoşlar harakatidan bölgan tarafdorlari 25 noyabr, juma kuni Şvetsiya davlatiga qarşi sudga murojaat qilişdi. Da’vogarlarning fikriga köra, u hozirgi va kelajak avlodlar uçun soğlom muhitga olib keladigan barqaror rivojlanişni rağbatlantiriş böyiça konstitutsiyaviy talabga javob bermaydi.
Arizani okrug sudiga topşirişdan oldin 600 dan ortiq atrof-muhit faollari Stokholm böylab yurib ötişdi. Tunberg qölida «Endi biz davlatni sudga beramiz» degan karton plakat kötarib oldi.
Aurora harakati ikki yildan beri Şvetsiyaga qarşi da’vo tayyorlab keladi. Uning iştirokçilariga köra, mamlakatning yangi, öng markazçi hukumati iqlimni muhofaza qiliş masalalariga e’tibor qaratmaydi.
87 betlik hujjatni tayyorlagan Aurora vakili Anton Folining ma’lum qilişiça: «Şvetsiya heç qaçon iqlim inqirozini inqiroz deb hisoblamagan». Şvetsiya özi javobgar bölgan majburiyatlarni bajarmayapti va qonunni buzmoqda, dedi u.
Oktabr oyi oxirida Şvetsiya meteorologiya va gidrologiya instituti qirollikdagi örtaça harorat 19-asr oxiridan beri Tselsiy böyiça ikki darajaga kötarilganini isbotlovçi ma’lumotlarni e’lon qildi.

















