Özbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov huquqşunos va bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyevga intervyu berdi. Suhbat davomida diniy ta’lim, Haj va Umra ziyorati, navbatlarda yuzaga keladigan korrupsiyaviy holatlar, imom va domlalar atrofidagi gap-sözlar, yangi masjidlar oçiş va boşqa mavzularda söz boradi.
«Umumiy ma’noda diniy yoki dunyoviyga ajratmasdan dinimiz ta’limga juda katta e’tibor beradi. Ilm ham boşqa amallar kabi farzi ayn va farzi kifoyaga bölinadi. Hammadan tafsir ilmini biliş yoki faqih böliş talab qilinmaydi.
Hozir bizda 13 ta professional diniy ta’lim muassasalari bor, ularni sönggi yillarda 3 ming talaba bitirib çiqdi. Bunça kadrni iş bilan ta’minlaş masalasi ham bor. Yurtimiz masjidlariga öqigan, diplomli imomlarni qöydik. Neça yillab işlaganlar orasida bundan ranjiganlar ham böldi. Hozir noiblarni ham töğrilab kelyapmiz», - deydi muftiy.
Nuriddin Xoliqnazarovga köra, köpçilikda farzi aynga taalluqli bölgan Qur’on öqiş va dinimizga doir boşlanğiç ilmlarni qayerdan olaman, degan örinli savollar bor. Ayni vaqtda bunga Musulmonlar idorasi tizimidagi öquv kurslari yeçim böladi.
«Bu örinli savol. Buni izlab xorijga borişga hojat yöq, çunki, izlasa hozir bizda hamma imkoniyatlari bor. Hozir 26 ta Qur’on va tajvidni örgatadigan kurslar oçganmiz va bu yana davom etyapti. Lekin, ta’limning ham öziga yaraşa muammolari bor. Masalan, ta’limga aloqador şunça vazirlik bölsa ham maorifda qança muammolarimiz çiqib kelayotganini köryapmiz.
Imomlik öz yöliga, lekin Qur’on örgatiş kurslarining mas’uliyati katta. Uni öqitiş uçun faqat bilimli böliş emas, pedagog ham bölişi, öqitişni bilişi kerak. Uni aytib qöyiş oson, nega hamma joyda oçib qöyilmadi, deb. Unga mutaxassislar kerak. Hozir şayx Alijon qori Qur’ondan dars berayotgan mudarrislarning özlarini ham qaytadan öqityapti, öqitiş uslublari takomillaştirilmoqda.
Yana bunday kurslarga köp joylardan talablar kelyapti. Biz şaroitlarini qilib, tayyorlanib borgunça sabr qilinglar, deyapmiz. Hozirgaça 30 ming fuqarolarimiz, kurslarni tamomlab çiqdi. Bir dona odam Qur’on öqişni örganişi muammo edi», - deya muftiyning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma’lum bölişiça, Musulmonlar idorasi tizimida ham onlayn Qur’on, hadis darslari ham örgatilmoqda. Şuningdek, masjidlarda ham namozlardan keyin suhbatlar bölyapti, bularda ham musulmonlarga kerak böladigan ilmlar örgatilyapti, deydi muftiy.
















