Andijondagi YTH yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Yo‘ldagi ta’mirlash ishlari sababli transport vositalari harakati qarama-qarshi tomondan tashkil etilgan, bunda YHXX bilan kelishilmagan.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Andijonda sodir bo‘lgan va uch kishi o‘limiga sabab bo‘lgan YTH yuzasidan ma’lumot berdi.
«Andijon viloyati hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatga molik A373 «M39 avtoyo‘li-Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali-O‘sh» avtomobil yo‘lining 388-389 kilometrlari oralig‘ida qayta ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli joriy yilning 18 noyabr kunidan buyon yo‘lning bir tomonida 1100 metr masofada ta’mirlash ishlari «Rezina Optima Standart» MChJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 2 oktyabrdagi «Avtomobil yo‘llari to‘g‘risidagi» O‘RQ-117-son Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 dekabr kunidagi 342-sonli qarorining 1-ilovasi 13,14,15,16,18-bandlariga zid ravishda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari bilan kelishilmasdan olib borilayotgani sababli transport vositalari harakati qarama qarshi tomondan tashkil etilgan.
Yuqoridagi qaror talablar «Rezina Optima Standart» MChJ tomonidan bajarilmagani sababli 2022 yil 26 noyabr kuni soat 08:40 larda Andijon viloyati hududidan o‘tgan A 373 avtomobil yo‘lining 388-389 kilometrlari oralig‘ida yo‘l transport hodisasini sodir etgan haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan J.A. «Isuzu» rusumli avtobusda bir tomonlama tashkil etilgan yo‘lda harakatlanayotib, quyuq tuman tushgani va ko‘rinish masofasi cheklangani uchun 1985 yilda tug‘ilgan haydovchi A.A. boshqaruvidagi «Howo» rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashgan», deyiladi xabarda.
Hodisa natijasida avtobusning uch nafar yo‘lovchisi vafot etgan, jami 31 nafar kishi, jumladan yuk avtomobili haydovchisi ham turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:21 / 13.11.2024
Urganchga Xitoydan 30 dona zamonaviy avtobus olib kelindi
20:17 / 13.11.2024
Pokistonda to‘y avtobusi daryoga qulashi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi
09:26 / 13.11.2024
Toshkentda yana 7 ta ko‘chada avtobus yo‘laklari joriy etiladi
23:06 / 11.11.2024