Örganiş işlarining ikkinçi kuni, Ustyurt regionida uglevodorodlar zaxirasini östiriş Dasturi doirasida olib borilayotgan burğilaş işlarini nazorat qiliş maqsadida, “Şarqiy Arslon” maydoni 1-sonli, “Quyi Şarqiy Berdaq” 4-sonli va “Quyi Şimoliy Berdaq” 4-sonli izlov qidiruv quduqlarida olib borilayotgan burğilaş işlari bilan yaqindan tanişib çiqildi.

“Arslon” koni 30-sonli, “Şarqiy Berdaq” koni 86-sonli quduqlarda olib borilayotgan kapital ta’mirlaş işlari örganildi hamda “Işçi guruh” a’zolarining taşrifi davomida, “Şimoliy Berdaq” koni 35-sonli quduqda murakkab ta’mirlaş işlari yakunlanib, quduq özlaştirildi.

Şundan söng, “Quyi Şarqiy Berdaq” konidagi burğilanayotgan 10, 12-sonli va “Şarqiy Berdaq” konidagi 97-sonli işlatiş quduqlaridagi burğilaş işlarining borişi nazorat qilindi.

Örganişlar davomida quduqlarni burğilaş va ta’mirlaş işlarini olib borayotgan pudratçi taşkilotlar bilan mavjud muammoli masalalar muhokama qilinib, boşqarma va tegişli departament boşliqlariga işlarni tezlaştiriş böyiça vazifalar belgilab berildi.

Boşqarmadagi texnologik obektlarda, jumladan “Arslon” gazni kompleks tayyorlaş qurilmasida 1 ta qöşimça quvvati kuniga 3 mln. kub metr gazni kompleks tayyorlaş vazifasini bajaruvçi texnologik tarmoqni quriş loyihasi böyiça amalga oşirilayotgan işlari ham joyidan körib çiqildi.

Hozirgi kunda yangi tarmoqdagi 6 ta texnologik apparatlar uçun temirbeton fundament quyiş işlari bajarilib, 3 ta apparatlar joyiga örnatilgan.

Quriliş işlarini nazorat qiliş jarayonida, qolgan texnologik apparatlar, pölat quvurlar, quvur armaturalari va boşqa zarur material-texnik resurslarni yetkazib beriş, quriliş işlarini yanada jadallaştiriş böyiça pudratçi taşkilot vakillariga, mas’ullarga körsatmalar berildi.

Öz navbatida Boşqaruv raisi “Arslon” kompleksida faoliyat yuritayotgan işçi-xodimlarning yaşaş şaroitlarini şaxsan örganib, ularning mehnat qiliş va dam olişlari uçun yana qanday imkoniyatlar qilib berilişi böyiça, ularning özi bilan suhbatlaşdi hamda korxona rahbarlariga har bir holat yuzasidan körsatmalar berdi.

Bundan taşqari, Boşqaruv raisi işçi-xodimlarning vaxta usuldagi işlaş jarayonlarida aholi yaşaş joylaridan olis çöl hududlarida faoliyat yuritişlarini inobatga olib, eng avvalo ularning zaruriyat bölganda tibbiy yordam olişlari, transport vositalari bilan hamda aloqa örnatiş uçun yetarli vositalar bilan ta’minlanganlik holatlarini örganib, eng avvalo ularning xohişlariga köra, bundan keyin ham barça zarur qulayliklar yaratib borilişini ma’lum qildi.