Qozoğiston IIV xabariga köra, Ostonadagi tungi klublardan birida yoşlar uçun ommaviy madaniy tadbir taşkil etilganidan keyin miting boşlanib ketgan. Tadbir taşkilotçisi işbilarmon bölgan.
«Ommaviy-madaniy tadbirda 300 nafar yoşlar iştirok etdi. Taşkilotçi tadbir çoğida yiğilganlarga ataylab yolğon ma’lumot yetkazib, şaxsiy noqonuniy maqsadiga erişiş uçun noqonuniy namoyişga çaqirgan. Bu bilan tinç namoyiş ötkazişning qonun hujjatlarida belgilangan tartibini buzgan», deyiladi Qozoğiston IIV xabarida.
Politsiya namoyişçilarning bir qismi uşlanganini aytmoqda.
«Iştirokçilar politsiyaning noqonuniy harakatni töxtatiş haqidagi talabiga heç qanday munosabat bildirmadi. Taşkilotçi ovoz kuçaytirgiç yordamida odamlarni gijgijlab, qonun va tartibni buzişda davom etdi. Şahar aholisi xavfsizligini ta’minlaş maqsadida IIV xodimlari noqonuniy xatti-harakatlarga çek qöyiş çoralarini körişga majbur böldi. Şu bilan birga, noqonuniy namoyiş iştirokçilari IIV xodimlariga jismoniy qarşilik körsatdi. Hozirda aybdorlar aniqlandi va politsiyaga olib ketildi. Ularning harakatlariga belgilangan tartibda huquqiy baho beriladi», deyiladi xabarda.
Hibsga olinganlar aks etgan videolarni tarqatgan Orda.kz portaliga köra, namoyişçilar tadbirkor Marat Abiyevning «Kelajak me’morlari» loyihasi izdoşlari bölgan.
Tadbirkor Marat Abiyev özini qişloq xöjaligini rivojlantiriş bilan şuğullanuvçi «TDFA fondi asosçisi» deb ataydi. Tadbirkorning sözlariga köra, uning jamğarmasi Qozoğistonni «dunyo miqyosidagi oçarçilik tahdididan» qutqaradi. Uning korxonasi xorijdan uruğ keltirib, Qozoğistonda yetiştiradi.
2022 yil may oyida tadbirkor Marat Abiyevning viloyatlardagi yuzlab tarafdorlari «konsertda qatnaşiş» uçun Ostonaga avtobuslarda yetib borişga harakat qilişgan, biroq Qozoğiston politsiyasi avtobuslarni orqaga qaytargan edi.
Ostona şahri ma’muriyatining ta’kidlaşiça, «Konsert ötkaziş rad etilgani haqida rasmiy xabar berilganiga qaramay, Marat Abiyev odamlarni aldaş yöli bilan konsertga taklif qilişda davom etgan va şu orqali odamlarni çalğitgan».
Keyinçalik, Marat Abiyev öz tarafdorlari qonunni buzmoqçi emasligini va siyosat bilan şuğullanmoqçi emasligini aytgan edi.

















