Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kulebaning aytişiça, Ukrainaga qurol yetkazib berişdan oçiqçasiga boş tortayotgan ayrim davlatlar buni yaşirinça amalga oşirmoqda. Ukraina hamkorlari uçinçi davlatlar bilan muzokaralarda qatnaşib, bunga kömaklaşmoqda.

«Uşbu uçinçi davlatlarning aksariyati heç narsa yetkazib bermayotganini oçiqçasiga aytişadi, biroq hammasi parda ortida sodir bölmoqda», — dedi Kuleba Fransiyaning Le Parisien gazetasiga bergan intervyusida.

Ukrainaga qurol yetkazib berişdan boş tortayotgan mamlakatlar orasida masalan, Şveytsariya va Isroil bor. Iyun oyida Şveytsariya özida işlab çiqarilgan ehtiyot qismlaridan yasalgan qurollarni Ukrainaga yetkazib berişga ruxsat berdi. Isroil hukumati AQŞ bosimi ostida Ukraina uçun ba’zi «strategik materiallar»ni yetkazib berişni moliyalaştirmoqda. 

Uruş harakatlari boşlanganida Germaniya hukumati Ukrainaga qurol-yaroğ yetkazib berişdan boş tortgan edi. Ammo keyinroq bunga ruxsat berdi.