Rahbar va xodim munosabatlari sovuqlaşgani ortidan 20 yaşar yigit iş beruvçidan qasd olişni reja qiladi va bu uni jinoyat köçasiga yetaklaydi. Natijada u özi işlaydigan işxonadan 2 mln 775 ming sömlik bolalar oyoq kiyimini öğirlab ketadi.

Qilğiliği foş etilmay qolganidan kuç olgan qonunbuzar ikkinçi safar 17,1 mln sömlik mahsulotlarni talon-toroj qilgan. Keyingi safar tunda özi işlagan işxonaga keladi va işlab çiqarilgan oyoq kiyimlarni bir joyga töplab, ularni yoqib yuboradi. Natijada 42 mln 148 ming sömlik poyabzallarning kuli kökka sovuriladi.

Buni qarangki, şunda ham yuragidagi qasos öti bosilmagan yigit yana bir marta bu yerga öğrilikka tuşadi hamda 6 mln 200 ming sömlik maişiy texnika buyumlari, 510 ming sömlik oyoq kiyimni öğirlab ketadi.

Korxona rahbarining arizasiga asosan qonunbuzarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi, “a” bandi (Öğrilik), 173-moddasi 1-qismi (Mulkni qasddan nobud qiliş yoki unga zarar yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Jinoyat işlari böyiça Bağdod tuman sudi tomonidan özi işlagan korxonaga köp miqdorda zarar yetkazgan yigit 5 yil-u bir oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Şuningdek, sud hukmi bilan sudlanuvçidan jabrlanuvçi foydasiga 64 mln 933 ming söm miqdorida moddiy zarar undiriş belgilandi.