«Patriot? Leopard? ATACMS? Rossiyaning muhim infratuzilmaga har bir zarbasi, millionlab ukrainaliklarni elektr va suvsiz qoldirişi ittifoqçilar zamonaviy qurol-yaroğlarni yetkazib berişi böyiça taqiqni olib taşlaşi kerak. Jazosizlik özboşimçalikni keltirib çiqaradi. Tajovuzkor har bir keyingi qadamning narxini özi his qilişi kerak», — deb yozdi Twitter’da Ukraina prezidenti devoni rahbarining maslahatçisi Mixaylo Podolyak.
Bundan oldin Ukrainaga qurol yetkazib berişdan oçiqçasiga boş tortayotgan ba’zi davlatlar bu işni maxfiy qilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kulebaning aytişiça, Ukrainaga qurol yetkazib berişdan oçiqçasiga boş tortayotgan ayrim davlatlar buni yaşirinça amalga oşirmoqda. Ukraina hamkorlari uçinçi davlatlar bilan muzokaralarda qatnaşib, bunga kömaklaşmoqda.
«Uşbu uçinçi davlatlarning aksariyati heç narsa yetkazib bermayotganini oçiqçasiga aytişadi, biroq hammasi parda ortida sodir bölmoqda», — dedi Kuleba Fransiyaning Le Parisien gazetasiga bergan intervyusida.
Ukrainaga qurol yetkazib berişdan boş tortayotgan mamlakatlar orasida masalan, Şveytsariya va Isroil bor. Iyun oyida Şveytsariya özida işlab çiqarilgan ehtiyot qismlaridan yasalgan qurollarni Ukrainaga yetkazib berişga ruxsat berdi. Isroil hukumati AQŞ bosimi ostida Ukraina uçun ba’zi «strategik materiallar»ni yetkazib berişni moliyalaştirmoqda.


















