Uçraşuvda Özbekiston va Koreya örtasidagi hamkorlik bugungi holati va uni rivojlantiriş istiqbollariga oid keng kölamli masalalar, mintaqaviy va xalqaro kun tartibi körib çiqildi.

Tomonlar 2021-yil dekabr oyida Seulda bölib ötgan Özbekiston-Koreya sammiti özaro hamkorlik holatini baholaş va istiqbollarini belgilaşda muhim voqea bölganini ta’kidladi. Raqamlaştiriş, “yaşil rivojlaniş”, kuçli ijtimoiy siyosatni amalga oşirişga alohida e’tibor qaratgan holda turli darajadagi munosabatlarni yanada faollaştirişga tayyorligi tasdiqlandi.

Özbekiston va Janubiy Koreya xalqaro taşkilotlar doirasidagi özaro hamkorligi yuzasidan fikr almaşildi.

Investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy sohalardagi hamkorlikni baholaş hamda uning istiqbollarini belgilaşga alohida e’tibor qaratildi. Töqimaçilik sanoati sohasida özaro hamkorlik masalalari dolzarbligi va ahamiyati qayd etildi. Özbekiston Koreya yetakçi kompaniyalarini uşbu yönalişdagi işlab çiqarişga jalb etişdan manfaatdor ekani ta’kidlandi.