Toşkent Kimyo xalqaro universiteti (Toşkent şahridagi Yodju texnika instituti)da “Globallaşuv jarayonida koreys tili ta’limidagi muammolar va ularni bartaraf etiş yöllari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bölib ötdi. 

Konferensiyada zamonaviy ilm-fanning eng dolzarb ilmiy mavzularini muhokama qilişga qaratilgan ilmiy materiallar töplami tanlab olindi.

 Tadbirda oliy öquv yurtlarining professor-öqituvçilari, xorijiy va mahalliy ilmiy xodimlar, amaliyotçi mutaxassislar, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, doktorantlar va mustaqil izlanuvçilar, magistratura va bakalavriat talabalari mavzuga oid tezislari bilan qatnaşdi. 

Tadbirda özining yangi qöllanmasi bilan iştirok etgan Muxlisa Ğulomova olib borgan tadqiqoti haqida gapirib berdi:

“Turizm yönalişida öqiganim bois uni koreys tili bilan boğlagan holda tadqiqot ötkazdim. Ayni paytda koreys tilini örganiş ommalaşyapti va bu koreys madaniyatini yoyişda katta hissa qöşadi. Tabiiyki, bu öşa davlat milliy taomlariga bölgan qiziqişni ham oşiradi. Tadqiqotimda koreys oşxonalaridagi menyular bilan tanişdim va u yerdagi mijozlarning fikrlarini örgandim. Fikrlar natijasida taomnomalardagi sözlar borasida kamçiliklar aniqlandi va men öz maqolamda bunga yeçimlar körsatdim. Universitetimizda şunday tadqiqotlarga şaroit yaratib berilişi bizni juda xursand qiladi”, - deydi Kimyo xalqaro universiteti 4-kurs talabasi.

Ötkazilgan konferensiyada tanlab olingan töplamlar bepul çop etilişi közda tutilgan.

Tadbirda universitetning Koreyadagi hamkor oliy ta’lim muassasalari onlayn tarzda iştirok etişdi.

“Universitetimizda koreys tili kafedrasi taşkil etilganiga 4 yil töldi. Bu vaqtda talabalarning koreys tilini örganişga bölgan qiziqişi keskin ortdi. Çunki koreys tili eng ommabop tillar qatorida turadi.

Koreys tilini örganayotgan talabalarimiz 2+2 dasturi asosida Koreyadagi hamkor ta’lim muassasalariga borib öz malakalarini oşirib kelişyapti. U yerdagi köplab nufuzli universitetlar bilan hamkorlik örnatganmiz. Hozirda 120 nafar talabamiz Koreyada tahsil olyapti”, - dedi universitetning Koreys tili filologiyasi kafedrasi mudiri Durdona Ergaşeva.