«Stadium 974»da ötgan uçraşuvda Braziliya qiyin va muhim ğalabaga erişdi. Ikkinçi bölimda Rişarlison töpni Kazemiroga olib bergan, u esa Vinisiusni yakkama-yakka vaziyatga çiqargaç, hisob oçildi. Ammo VAR vaziyatni takror körgaç, Rişarlison öyindan taşqari holatda ekani ma’lum bölib, gol bekor qilindi.

Şunga qaramay, 83-daqiqada Kazemiro kuçli va aniq zarbasi bilan hisobni oçib, yakunda jamoasiga muhim ğalaba va 1/8 final yöllanmasini taqdim etdi. 

Tite şogirdlari 2 öyindan keyin 6 oçko jamğarib, 1-örinda borayotgan bölsa, Şveytsariya 3 oçko bilan 2-örinda qoldi. Kamerun va Serbiyada bir oçkodan mavjud. Braziliya sönggi turda Kamerun, Şveytsariya esa Serbiyaga qarşi maydonga tuşadi.

JÇ-2022. G guruhi. 2-tur
Braziliya – Şveytsariya 1:0
Gol: 1:0 – 83 Kazemiro.
Braziliya – Alisson, Militao, Tiago Silva, Markinos, Aleks Sandro (Telles, 86), Kazemiro, Fred (Bruno Gimaraes, 58), Lukas Paketa (Rodrigo, 46), Rişarlison (Gabriel Jyezus, 73), Rafinya (Antoni, 73), Vinisius Junior.
Şveytsariya – Zommer, Vidmer (Fray, 86), Elvedi, Akandji, Rodriges, Jaka, Froyler, Sou (Ebişer, 76), Vargas (Fernandeş, 59), Rider (Şteffen, 59), Embolo (Seferoviç, 76).
Ogohlantirişlar: Rider (50), Fred (52).