Respublika Gidrometeorologiya markazi Özbekiston böyiça 1 dekabr, payşanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Toşkent şahri. Havo özgarib turadi, keçasi va ertalab yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi, tuman tuşadi. Kunduzi yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol ğarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi –1 daraja sovuq, +1 daraja iliq, kunduzi 3–5 daraja iliq böladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo özgarib turadi, yoğingarçilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tuşadi. Şamol ğarbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 5–10 daraja, kunduzi 0–5 daraja; Ustyurtda keçasi 10–15 daraja, kunduzi 5–10 daraja sovuq böladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlari. Havo özgarib turadi, yoğingarçilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tuşadi. Şamol ğarbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 m/s.gaça kuçayişi mumkin. Harorat keçasi – 2 daraja sovuq, +3 daraja iliq, kunduzi 2–7 daraja iliq, Navoiy viloyatining şimolida keçasi 2–7 daraja, kunduzi 0–5 daraja sovuq böladi.
Toşkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo özgarib turadi, keçasi va ertalab ba’zi joylarda yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi. Tuman tuşişi mumkin. Şamol ğarbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s.gaça kuçayişi mumkin. Harorat keçasi 0–5 daraja iliq, ba’zi joylarda –2 daraja sovuqqaça, kunduzi 2–7 daraja iliq böladi.
Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo özgarib turadi, yoğingarçilik kutilmaydi. Tuman tuşişi mumkin. Şamol ğarbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat keçasi 2–7 daraja, kunduzi 5–10 daraja iliq böladi.
Andijon, Namangan va Farğona viloyatlari. Havo özgarib turadi, keçasi va ertalab ba’zi joylarda yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi. Tuman tuşişi mumkin. Şamol ğarbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 m/s.gaça kuçayişi mumkin. Harorat keçasi 0–5 daraja, kunduzi 2–7 daraja iliq böladi.
Respublika toğli hududlari. Havo özgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi, ba’zi joylarda kuçli bölişi mumkin. Tuman tuşişi mumkin. Şamol ğarbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 m/s.gaça kuçayişi mumkin. Harorat keçasi 3–8 daraja, kunduzi 0–5 daraja sovuq böladi.

















