D guruhi

Avstraliya — Daniya (Toşkent vaqti bilan soat 20:00da)

Fransiya milliy jamoasi 2 turda 2 ğalabaga erişdi va Tunis bilan öyinni pley-off iştirokçisi maqomida boşlaydi. Avstraliyaliklar va daniyaliklar esa 1/8 final yöllanmasi uçun özaro jang qiladi. Öyin arafasida Avstraliyaning pozitsiyasi yaxşiroq: ular Tunis bilan öyinda minimal hisobda ğalaba qozonib, uç oçkoga ega bölişgan, Yevro-2020 yarimfinalçilari esa Afrika jamoasi bilan birinçi turda golsiz durang qayd etgandi. Endi Kasper Yulmann jamoasiga faqat ğalaba kerak.

«Bizni öz finalimiz kutmoqda. Biz devorga taqalganmiz va oçko yöqotişga haqli emasmiz», — degandi daniyaliklar boş murabbiyi Fransiyadan mağlubiyatga uçralgaç. Hozirça uning jamoasi bir yarim yil oldin Yevropa çempionatida köplab betaraf muxlislarni öziga jalb qilgan yorqin jamoaga öxşamayapti. Ammo öşa turnirda ham Daniya sönggi turda Rossiya ustidan ğalaba qozoniş (4:1) orqali pley-offga çiqqandi, öşanda ham jamoa 2 turdan keyin yaxşi holatda emasdi. Bu safar ham şunday böladimi? Agar skandinavlar ğalabaga erişa olmasa, Avstraliya 2006 yildan buyon ilk bor jahon çempionati nimçorak finaliga çiqadi.

Tunis — Fransiya (Toşkent vaqti bilan soat 20:00da)

Dide Deşam jamoasi amaldagi çempionlar keyingi mundialda guruh bosqiçidan çiqa olmasligi bilan boğliq noxuş an’anaga çek qöydi. Fransiya Avstraliya (4:1) va Daniya (2:1) bilan öyinlarda işonçli ğalabalarga erişdi. E’tiborli tomoni, fransuzlarda asosiy tarkibning yetakçi futbolçilari jarohat olib safdan çiqqani umuman sezilmadi. «Uçranglilar» allaqaçon 1/8 final yöllanmasini hal qilib bölgan, endi kim qaysi örin bilan çiqişini aniqlaş masalasi qolgan. Vaziyatga real qaralsa, Fransiya Tunisni yenga olmasligi ehtimoli kam, bu esa jamoa S kvartetida birinçi örinda qolişini anglatadi. Umuman olganda, Deşam şogirdlari minimal hisobda yutqazsa ham, töplar nisbatiga köra avstraliyaliklarni birinçi öringa ötkazib yuborişi qiyin.

Şu bilan birga Tunisni muddatidan oldin kuraşdan çiqarmaslik kerak. Ular ham sönggi turda pley-off uçun imkoniyat saqlab qolgan. Ammo buning uçun ular Fransiya ustidan ğalaba qozonişi, parallel uçraşuvda kerakli hisob qayd etilişidan umid qilişi kerak böladi.

Avstraliya Daniya ustidan ğalaba qozongan taqdirda, afrikaliklar turnirni tark etişi aniq. Öz öyinidagi ğalaba va parallel öyindagi durang Tunisni töplar nisbatiga köra ikkinçi öringa olib çiqişi mumkin, bu holda Avstraliya birinçi turda Fransiyaga yirik hisobda yutqazgani pand beradi. Agar Daniya avstraliyaliklardan ustun kelsa, Tunis yirik hisobda ğalaba qilişi talab etiladi, lekin bu amalda imkonsiz iş.