Murari Lal Jalan investor Kun.uz'ga bergan intervyusida poytaxtning Yangihayot tumani hududida barpo etilayotgan Minerva City'ga ajratilgan yer prokuror arizasi va sud qarori bilan tortib olingani, yerning olib qöyilişi Jahongir Ortiqxöjayevning talabini bajarmagani bilan boğliqligini aytgandi.

“2021 yil mart oyida Toşkent şahar hokimi meni çaqirib, qöpol muomala qildi. Menga 2 ta yöl qoldirişdi: yo loyihalarimdan birini, masalan, “Lake City”ni amalga oşirişdan rasman voz keçişim, yo 100 million dollarni bankka joylaşim kerak edi (depozit sifatida – tahr.). Men hokimga kelişuvdan taşqari heç kim yangi talablar qöymasligini, tadbirkor sifatida 7 yil içida sarflanişi kerak bölgan pulni kimningdir hojati uçun oldindan joylaştiriş qiyinligini tuşuntirdim.

Ammo hokim agar öz xohişim bilan şu işdan birini qilmasam, “Minerva city” va qolgan barça loyihalarim ham olib qöyilişini, Özbekistonda kun keçirişim qiyin bölişini aytdi. Boşida şartnomani imzolayotganimizda, barça kelişuvga amal qilinişi va majburiyatlar bajarilişini va’da qilgandi, endi esa hokim bu mamlakatda şartnomalar heç qanday rol öynamasligini ta’kidlamoqda”, degandi investor öz intervyusida.

Özbekiston boş prokuraturasi Minerva World of Knowledge kompaniyasi rahbari hindistonlik tadbirkorning bayonotini tekşirişni boşlagan. Bu haqda Boş prokurorning matbuot kotibi Hayot Şamsuddinov ma’lum qildi.

“Keça, 29 noyabr kuni keçqurun Toşkent şahar xokimi nomidan xat kelib tuşdi, şu böyiça örganiş işlari amalga oşirilmokda. Natijasi haqida xabar beriladi”, deydi Hayot Şamsuddinov Kun.uz söroviga javoban.

Avvalroq Toşkent şahar hokimligi Murari Lal Jalanning sözlariga munosabat bildirib, investorning iddaolarini davlat xizmatçisini obrösizlantiriş deb hisoblaşi va Boş prokuraturaga murojaat qilinişini ma’lum qilgandi.