Germaniya Taşqi savdo va investitsiyalar agentligi veb-sahifasida Özbekistonda respublika investitsion jozibadorligini yuksaltiriş böyiça körilayotgan çora-tadbirlarga bağişlangan maqola çop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
“Resurslarga boy mamlakat mis va boşqa rangli metallarni qazib oliş va eritişni kengaytirib, uni xorijiy şeriklar uçun juda jozibador qilmoqda. Mamlakatda xorijiy uskunalar va nou-xau yetkazib beruvçilar uçun biznes yuritiş ulkan imkoniyatlari mavjud. Rangli metallurgiya Özbekiston hukumati sanoat siyosati ustuvor yönalişlari röyxatida muhim örin tutadi. Rangli metallarni qazib oliş va eritiş faqat Toşkent viloyatida joylaşgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida jamlanganiga qaramasdan, kompaniya köp milliard dollarlik investitsiya dasturi ahamiyatga molik”, deb yozadi maqola muallifi Uve Ştrobax.
Joriy yil boşida zavod loyiha portfeli 5,2 milliard AQŞ dollarini taşkil etdi. Hukumat 2022-2026 yillarga möljallangan investitsiya dasturi doirasida bu vaqtga kelib loyihalarga qariyb 1,3 milliard AQŞ dollari miqdorida investitsiya yönaltirilgan.
Investitsiyalar asosiy qismi yangi “Yoşlik” konida mis-molibden rudalarini qazib oliş va boyitişga möljallangan. Kombinat uşbu konni özlaştiriş ikkinçi bosqiçiga hozirlik körmoqda. Qayta işlaş zavodi quvvati 50 million tonna mis-molibden rudasini taşkil etadi. Mis katodi yillik işlab çiqariş hajmi 2028 yildan boşlab 400 ming tonnagaça köpaytiriladi.
Ta’kidlanişiça, mis klasterini yaratiş xorijiy kompaniyalar biznes yuritişi uçun keng imkoniyatlar beradi. Loyihani amalga oşiriş orqali Özbekiston hukumati mis sanoatida samarali qiymat zanjirini ta’minlaşni közlamoqda. Rudani qayta işlaş quvvatini oşiriş bilan birga, uşbu taşabbus zavodga mis mahsulotlarini köproq sotiş imkonini beradi. Örta muddatli istiqbolda yillik daromad 8 milliard AQŞ dollari va undan ham köproq bölişi kutilmoqda. Bu körsatkiç 2020 yilda 2,5 milliard AQŞ dollarini taşkil etgan, deb yozadi GTAI sayti.
















