Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (AEXA) joriy yil oxirigaça Rossiya Federatsiyasi va Ukraina bilan Zaporijjya atom elektr stansiyasida (ZAES) xavfsizlik zonasini taşkil etiş böyiça kelişuvga erişişga umid qilmoqda. Bu haqda AEXA boş direktori Rafael Grossi aytib ötdi.
«Men vaziyatga imkon qadar tezroq yeçim topişga intilaman. Umid qilamanki, yil oxirigaça», - dedi Grossi Italiyaning La Repubblica gazetasiga bergan intervyusida.
Şu bilan birga, u Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Volodimir Zelenskiy bilan uçraşiş mumkinligini istisno etmadi.
«Bizning maqsadimiz – u yoki bu tomonga foyda keltiradigan harbiy vaziyat yaratmaslik, yadroviy avariyaning oldini oliş», — dedi Grossi.
Bundan oldin Zaporijjya viloyatidagi Energodar şahri okkupatsion hokimiyati Rossiya qöşinlarining şahardan olib çiqilişi haqidagi ma’lumotni rad etgandi.
Zaporijjya atom elektr stansiyasi Rossiya nazorati ostida qolmoqda, deb ma’lum qildi Energodar «ma’muriyati».
Bundan taşqari, bayonotda ZAES uçun zaxira quvvat manbasini yaratiş, Energodar aholisini issiqlik bilan ta’minlaş uçun ikkita energoblokni issiq öçiriş rejimiga ötkaziş böyiça işlar va xodimlarni Rossiya boşqaruv taşkiloti yurisdiksiyasiga ötkaziş rejalariga işora qilingan.
Kiyev kuni keça rus qöşinlari ZAESdan yaqinda olib çiqilişi ehtimoli borligini bildirgandi.

















