AQŞ senatorlari - respublikaçi Rojyer Uiker va demokrat Ben Kardin Kongressga Rossiya yollanma askarlarini javobgarlikka tortiş töğrisidagi ikki partiyaviy qonun loyihasini taqdim etdilar, unga köra AQŞ davlat kotibidan Vagner XHKni xorijiy terrorçilik taşkiloti sifatida belgilaş talab qilinyapti. Bu haqda 1 dekabr, payşanba kuni senator Rojyer Uiker saytida ma’lum qilindi.

Press-relizda aytilişiça, Vakillar palatasiga kongressmenlar Stiv Koen, Jo Uilson, Riçard Xadson va Mark Visi tomonidan bir xil qonun loyihasi kiritiladi.

«Vladimir Putin va uning yaqinlari öz maqsadlariga erişiş uçun heç narsadan töxtamaydi, jumladan, Vagner guruhi kabi yollanma askarlarni ularning nomidan vahşiylik qiliş uçun yollaşdan ham, - dedi senator Uiker taşabbusni şarhlar ekan. - AQŞ bu soyadagi armiyaga şunday nom berişi kerak: xorijiy terrorçi guruh. Biz ularni qöllab-quvvatlaganlar bilan birga javobgarlikka tortişimiz kerak».

Öz navbatida, Yevropa, Yevrosiyo va Şimoliy Amerikaning 57 ta davlatida inson huquqlarini himoya qiliş, harbiy xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlik böyiça ixtisoslaşgan AQŞ Helsinki komissiyasi raisi senator Kardin Vagner XHKning «Ukraina, şuningdek, Suriya va butun Afrika qit’asidagi son-sanoqsiz vahşiyliklar bilan boğliq»ligini ta’kidladi.

«AQŞ Vagner guruhini zudlik bilan xorijiy terrorçilik taşkiloti sifatida belgilaşi kerak. Bu Rossiya armiyasini zaiflaştiradi va inson huquqlarini buzganlarni javobgarlikka tortişga yordam beradi», - dedi u.

Tegişli qonun qabul qilinsa, AQŞ davlat kotibi undan keyin 90 kun içida Vagner XHKni xorijiy terrorçi taşkilot deb belgilaşi mumkin. XHK tomonidan affillangan yoki qöşimça tuzilgan istalgan kompaniyaga ham şunday tamğa qöyiladi, deyiladi Rojyer Uikerning xabarida.

23 noyabr kuni Yevroparlament Rossiyani terrorizm homiysi deb e’lon qilib, Vagner XHK tomonidan sodir etilgani aytilayotgan vahşiyliklarni alohida ta’kidlab ötdi.

Bu taşkilot allaqaçon AQŞ sanksiyalari obektiga aylangan. 2017 yil 20 iyun kuni AQŞ Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qiliş boşqarmasi Vagner guruhi va uning harbiy rahbari Dmitriy Utkinga qarşi sanksiyalar joriy qildi. 2018 yil 20 sentabrda Davlat departamenti tadbirkor Yevgeniy Prigojin va unga aloqador taşkilotlarni, şu jumladan Vagner guruhi XHKni Rossiya hukumatining mudofaa yoki razvedka sektoriga kiruvçi yoki uning manfaatlariga muvofiq harakat qiluvçi şaxslar va taşkilotlar röyxatiga qöşdi.