Germaniyaning sönggi muvaffaqiyatli turnirlaridan buyon ança vaqt ötdi, endi nemislar guruh bosqiçining sönggi turida hayot-mamot jangiga çiqişi odatga aylanmoqda. JÇ-2018 turnirida jamoa sönggi turda Koreyaga yutqazib, pley-offdan quruq qolgandi. Yevro-2020 turnirida reglament böyiça guruhdan çiqiş osonroq edi, ammo u yerda ham jamoa vengrlarga qarşi 84-daqiqadagi gol evaziga qutulib qolgandi. Qatardagi turnirda bu ssenariy takrorlandi: yana uçinçi tur — va yana heç narsa hal bölmagan.
Bu safar barçasi Germaniyaning öziga boğliq emasdi, parallel uçraşuvdagi natijaga ham qaraş talab etilardi. Ispaniya ğalabasiga umid qiliş bilan birga, nemislarning özi yirikroq hisobda ğalaba qozonişi ma’qul edi. Guning uçun Hansi Flik Kimmihni özi uçun qadrdon bölgan pozitsiyaga, mudofaaning öng qanotiga qöydi va bu maydonda yaratuvçi futbolçilar sonini oşirişga imkon berdi.
Kutilganidek Keylor Navas ilk daqiqalardanoq zarbalarga uçradi. U ikki vaziyatda qutqardi, ammo Raumning uzatmasidan keyin Gnabrining boş bilan burçakka bergan zarbasi qarşisida ojiz edi, nemis futbolçisi golni nişonlamay, töpni darvozadan olib, maydon markaziga çopdi.
#CRC & #GER gave us a six-goal thriller in their Group E finale! 🔥
Nemislar barça variantlarni, jumladan Yaponiya ispanlar ustidan ğalaba qozonişi ehtimolini ham hisobga olişgandi. Bunday ssenariyda Kosta-Rikani 1-turda 7:0 hisobida taslim etgan «Qizil furiya»ning natijasini takrorlaş talab etilardi.
Ammo birinçi bölim yakunlanganida ham yirik hisobdan darak yöq edi. Ha, Germaniya töpni ham, hududlarni ham töliq nazorat qildi. Köplab vaziyatlar yaratildi, ammo ulardan foydalanilmadi.
Yoki hozirgi jamoa «nemis maşinasi» rejimini yoqişga qodir emas. Yoki futbolçilarni parallel uçraşuvda Ispaniya ham tezkor gol urgani böşaştirgan. Ikkinçi ehtimol şubhali. Ammo fakt faktligiça qoladi: birinçi bölimda raqibga birgina zarba berişga yöl qöygan nemislar minimal ustunlikni ham boy berişga yaqin keldi. Bu vaziyatda Raum va Ryudiger jarima maydoni atrofida öz darajalariga mos bölmagan holda harakat qilib, raqib hujumini ötkazib yuborişdi.
Jamoa baxtiga Noyyer bunga tayyor bölib çiqdi va Kempbellning tösin ostiga yöllagan zarbasini qaytarib qoldi. U şu kuni jahon çempionatlaridagi 19-öyinini ötkazdi va buyuk vatandoşi Zepp Mayyer hamda braziliyalik Klaudio Taffarelni ortda qoldirib, darvozabonlar uçun rekordni yangiladi.
Flik tanaffusda Kimmihni tayanç zonasiga qaytarib, Goretskaning örniga Ispaniya bilan öyin oxirida yaxşi harakat qilgan öng qanot himoyaçisi Klostermanni tuşirgani bejiz emas. Ammo endi bu qarordan naf yöq edi, çunki Yaponiya parallel uçraşuvda uç daqiqa içida ikki gol urdi. Germaniya uçinçi öringa tuşib ketdi va endi jamoa olti gol urişi talab etilardi.
Hisob ikki öyinda ham 1:0 holatida nemislar ğalabani saqlab qolib, ispanlardan umid qilişi mumkin edi. Ammo kosta-rikaliklar ham jim qarab turişmadi va Yelsin Texeda Noyyerning qölidan çiqib ketgan töpni darvozaga joylaştirib, hisobni tenglaştirdi. Kosta-Rika yaponlar ssenariysini takrorladi va 70-daqiqaga kelib onlayn rejimda Germaniya sönggi öringa tuşib ketdi, bu vaziyatda Ispaniya ham uçinçi örinda edi.
Bunday vaziyatda favoritlardan faqat biri qutulib qolişi mumkin edi — «Qizil furiya» baxtiga nemisça xarakter özini körsatdi. Musialaning ikki zarbasi ustunga tegdi, keyin esa Havers ikkita, Fyullkrug bitta gol urdi. Ammo öyinga ön daqiqa qöşib berilişi ham nemislar uçun yetarli emasdi. Germaniya bu öyinda 32 ta zarba berdi, şundan 11 tasi darvoza sohasiga aniq bordi (kostarikaliklarda bu körsatkiç 7-5). Ammo ularning gollari faqat ispanlarni qutqarişga yaradi, parallel uçraşuvda esa ispanlar durang ham qayd eta olişmadi yoki buni istaşmadi. Endi «nemis maşina»si dolzarbligini yöqotdi, bu çempionat avlodlar almaşinuvini boşdan keçirayotgan jamoa uçun aççiq tajriba vazifasini ötadi. Öyindan keyin 2014 yilgi mundialdagi ğalabaning asosiy ijodkorlaridan biri bölgan Tomas Myuller milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Tört yildan keyingi mundialda Noyyer va Gundöğan ham tarkibda bölmasligi, Musiala kabi yoşlar jamoa yetakçisiga aylanişini kutiş mumkin.
Yaponiya Ispaniyani ham yengdi. Bu ikki jamoa birgalikda Germaniyani qoldirib ketişdi
Guruhning oxirgi öyini oldidan Ispaniya özini xavfsiz sezayotgandi. Ehtimoliy variantlardan faqat bittasi ularni qanoatlantirmasdi — Yaponiya va Kosta-Rikaning ğalabalari. Çunki öyindan oldin deyarli heç kim bunday variantlarni real deb hisoblamayotgandi. Umuman olganda, kvartet yetakçisi Germaniyadan farqli ölaroq guruhning sönggi öyiniga xotirjamlik bilan tayyorgarlik körayotgandi.
Ispanlar şunçalik qulay pozitsiyada ediki, agar xohlasa, çempionlik uçun asosiy raqiblardan birini (Germaniya) guruhda qoldirib ketişi va şu bilan birga pley-offda qaysi setkadan yurişni özi tanlaşi mumkin edi.
Enrike boşlanğiç tarkibi bilan biroz hayron qoldirdi, ammo bu Fransiya Tunisga qarşi taşlagani kabi örinbosarlar tarkibi emasdi. Katta ehtimol bilan Ispaniya Germaniyaga qarşi qiyin bahsdan keyin jamoani tetiklaştirmoqçi bölgan va zaxira futbolçilariga öyin amaliyoti berişni maqsad qilgan. Morata, Pau Torres, Aspilikueta, Balde va Uilyams kabi futbolçilar boşlanğiç tarkibda paydo böldi.
Osiyoliklar mudofaasi
Yaponiya ham syurpriz tayyorlagandi. Germaniya ustidan qozonilgan ğalabadan keyin jamoa Kosta-Rikaga yutqazgan va endi yana bir sensatsiya sodir etişi talab etilayotgandi. Buning uçun osiyoliklar jamoasi boş murabbiyi Hadzime Moriyasu sönggi ikki yillikda ilk bor ikki markaziy himoyaçidan iborat sxemadan voz keçdi va uç markaziy himoyaçi tuşirdi. Yaponlar umuman töpga egalik qilişga intilmadi va bunday taktika ularni 0:0 hisobi qoniqtirganida özini oqlardi.
Japan makes history (again)!
Witness how the Samurai Blue finished on top of Group E!
Yaponlar öyinni faol boşladi va ispanlarni oldinroqda kutib olişga kirişdi. Vaziyatlardan birida Osiyo vakillari Unai Simonni xato qilişga ham majbur etişdi, ammo bu bir martalik holat edi. Tanaffusgaça ispanlar töpga töliq egalik qilişdi (83 foiz), yaponlar ham kuçli pressing ötkazişmadi.
Şu bilan birga, Ispaniya ham katta taassurot qoldirolmadi. Ammo ularning harakatlarini tezkor gol izohlaşi mumkin — 11-daqiqada Morata yaponlar mudofaasidagi barça futbolçilardan yuqori sakradi va qatorasiga uçinçi öyinda gol urdi. Şundan söng ispanlar juda sekin öynay boşladi, xuddi yaponlarning birinçi turda bölgani kabi kutilmaganda özgarişi bilan keçadigan fantastik ssenariydan çöçigandek körinişdi.
Lekin osiyoliklar ortiqça xavf tuğdirişmasdi. Ispaniya ikkinçi bölimda ham töpga egalik qilişda davom etib, yana bir-ikki gol urişini kutiş mumkin e di. Ammo Germaniya ham birinçi tur tanaffusida şunday öylagani aniq.
Yaponiya çindan ham butunlay özgardi. Hatto bundan köproq — barça oyoqqa turdi. Osiyoliklar ikkinçi bölim boşidan grand raqibning közini oçirmay kuçli pressing uyuştirdi va Ispaniya bunga tayyor emasdi. Natijada himoyaçilar öz jarima maydoni atrofidagi futbolçilarni qöriqlaşmadi va Doan hisobni tenglaştirdi. Dejavyu: aynan şu forvard Germaniya darvozasiga birinçi golni urgandi.
Öşanda Yaponiya tezda ikkinçi golni ham urib olgandi. Bu öyinda ham şunday holat takrorlandi, faqat bu yanada dramatik tarzda röy berdi: Tanaka sensatsion golni nişonlay boşlaganida hakam vaziyatni körib çiqiş uçun monitorga yugurdi — hujum vaqtida töp maydon taşqarisiga çiqib ketgani ehtimoli tekşirildi. Ma’lum bölişiça, töp çiziqni taxminan 95 foizga kesib ötgan. Gol bekor qilinişi uçun esa 100 foiz bölişi kerak edi. Barça şokka tuşdi — 2:1.
Albatta, Yaponiya ayniqsa Kosta-Rikaga qarşi mağlubiyatli öyindan keyin top-jamoalarni ortda qoldirib, qatorasiga ikkinçi bor pley-offga çiqişini heç kim kutmagandi. Köpçilik yaponlarning Germaniyaga qarşi öyindagi muvaffaqiyatiga Saudiya Arabistonining Argentina bilan öyinidagi kabi startdagi bir martalik çaqnaş sifatida qaragandi. Ammo bunday bölib çiqmadi — Yaponiya ikkinçi bor şu işni qildi.
Ammo Ispaniya uçun mağlubiyat fojia emasdi. Jamoa faqat aql bovar qilmas ssenariy röy bergandagina turnirni tark etişi mumkin edi — Yaponiya va Kosta-Rika ğalaba qozonganida. Parallel keçayotgan ikkinçi uçraşuvda aql bovar qilmas voqea röy berganida — Germaniya KONKAKAF vakillaridan ikki töp ötkazib yuborganida, onlayn turnir jadvalida ispanlar uçinçi, nemislar törtinçi öringa tuşib qolişdi.
Enrike esa bunga reaksiya qildi va hisob özgarişi bilan özgartirişlar qilişga kirişdi — asosiy tarkib futbolçilari jangga taşlandi, 68-daqiqada esa u barça futbolçi almaştiriş imkoniyatlaridan foydalanib böldi. Va Ispaniya öyinni kuçaytirdi... Ammo hisobni tenglaştiriş darajasida emas. Zaxira örindiğida ötirganlar parallel uçraşuvni kuzatib borayotgan va bilib turişardi: Germaniya baribir ğalaba qozonadi, bu esa Ispaniya ikkinçi örin bilan pley-offga çiqişini ta’minlaydi. Ispanlar uçun birinçidan köra ikkinçi örin bilan çiqiş qulayroq edi, şunda nimçorak finalda jamoani Yevropa çempionatida 120 daqiqa davomida qiynagan Xorvatiya emas, u qadar tajribali bölmagan Marokaş kutardi. Qolaversa, guruhdan ikkinçi örin bilan çiqqan jamoaning pley-offdagi yöli nisbatan osonroq edi - finalgaça turnirning asosiy favoriti Braziliya bilan yöllar kesişmaydi.
Taxminan 80-daqiqalardan boşlab Ispaniya mağlubiyatli hisob saqlanib qolişi uçun öynagandek körindi. Qoğozda şarmandali körinadi, ammo baribir 1/8 finalga çiqiladi, şu bilan birga töğridan töğri raqiblardan biri Germaniya guruhda qoldirib ketiladi.
Yaponiya sensatsion ravişda birinçi örinni egalladi va pley-offda Xorvatiyaga raqib böladi, Ispaniyaga Marokaş tuşadi. Germaniya — yana mundialdagi iştirokini guruhdayoq yakunladi.
Belgiyaning davri ötdi. Xorvatiya oltin avlodni heç narsasiz qoldirdi
JÇ-2022 boşlanişi arafasida top-jamoalardan qaysilari guruh bosqiçida qiynalişi söralganida, köpçilik Portugaliya yoki Fransiyani aytardi. Birinçisini — Kriştianu Ronaldu bilan boğliq sönggi mojarolar tufayli, ikkinçisini — amaldagi jahon çempionlarining tavqi la’nati hamda tarkibdagi yetakçi futbolçilar jarohat olgani tufayli.
Belgiyadan bunday muvaffaqiyatsiz iştirokni heç kim kutmagandi. Ha, oltin avlod vakillari keksayişdi va asta-sekin sahnani tark etmoqda va bu safar hamma ham «Qizil iblislar»ni turnirning asosiy favoritlari qatorida sanamayotgandi, ammo tajriba va saviya evaziga ular pley-offga çiqişda qiynalmasligi taxmin qilingandi. Ammo FIFA reytingida 2-örinda turgan va qur’ada saralangan jamoalar qatorida bölgan Belgiya yakuniy tur arafasida guruhni tark etiş uçun asosiy da’vogar bölib qoldi.
Jamoa dastlabki ikki turda oçiqçasiga juda böş öynadi, keyin esa jamoada içki muhit buzilgani va parçalaniş röy bergani haqida xabarlar çiqdi. L'Equipe naşri Marokaşga qarşi mağlubiyatli öyindan keyin (0:2), Kevin de Bryuyne Tibo Kurtua bilan, Eden Azar — Leandro Trossar bilan, Romelu Lukaku esa Mişi Batşuayi bilan gaplaşmasligi haqida yozdi. Bundan taşqari, Lukaku kiyim almaştiriş xonasida janjallaşib ketgan de Bryuyne va Yan Vertongenni ajratişiga töğri kelgani aytildi. Marokaşga qarşi öyindan keyin himoyaçi mağlubiyatni şunday izohlagandi: «Belgiya yomon hujum qilmoqda, çunki hujum çiziği vakillari juda qarib qolgan».
Keyin, albatta, raddiyalar paydo böldi. «Hozir heç kim xursand emas, ammo biz payşanba kuni ğalaba qilamiz va davom etamiz deb öylayman. Bu futbol, barçasi röy berişi mumkin, ammo biz borimizni beramiz. Marokaş bilan öyindan keyin kiyim almaştiriş xonasida mağlubiyatdan alamzada böldik, natijadan juda ranjigandik. Lekin Belgiya milliy jamoasidagi janjallar haqidagi xabarlar — yolğon. Muammo şundaki, odamlar hamişa bunday xabarlarni rost deb qabul qiladi. Buni kim aytganini qidirişimiz şart emas. Agar «kalamuş»ni bilib qolsak, kim bölişidan qat’i nazar, bu uning biz bilan oxirgi kuni böladi. Bir jamoamiz, oilamiz. Hamma narsa jamoa içida qolişi kerak», — dedi Kurtua.
Şu bilan birga, bunday muammolarga qaramay Belgiyaning Xorvatiya bilan öyindagi imkoniyatlari nolga teng teyiş töğri bölmasdi. Nima bölganda ham, tarkibda istalgan raqibga qarşi istalgan öyinda qutqarişi mumkin bölgan Kurtua, vaziyatlarni hal qilişga qodir bölgan de Bryuyne bor edi. Umuman, gap faqat bir öyin haqida ketayotganda unda har qanday natija bölişi — vaziyatni raqibning birgina xatosi, rikoşet yoki boşqa epizod hal qilib qöyişi mumkin.
Belgiyaliklar boş murabbiyi Roberto Martines eski uslub iş bermayotganini tuşungan holda sxemani özgartirdi — 3-4-3 sxemasidan (Belgiya bu sxemada uning boşqaruvidagi olti yil mobaynida öynab kelgandi) 4-2-3-1 sxemasiga ötildi, bunda Timoti Kastan va Toma Mene himoya qanotlarida, Aksel Vitsel va Leander Dendonker — yarimhimoya markazida joylaşişdi. «Real»da işlari yurişmagan va futbolçilik faoliyatini yakunlaşi mumkindek körinayotgan, lekin terma jamoaga çaqiruv olib, Martines tanqidlarga uçraşiga sabab bölgan Eden Azar bu safar zaxirada qoldirildi.
Ammo öyindagi ilk xavfli vaziyat Xorvatiyada böldi — Ivan Perişiç 10-soniyadayoq hisobni oçişi mumkin edi, ammo uning olis burçak tomon yöllagan zarbasi biroz xato ketdi. Belgiyaning yana omadi keldi, boş hakam darvozaga penalti qöyganida videoassistentlar ofsaydni qayd etişning yarimavtomatik tizimi orqali Yannik Karrasko Andrey Kramariçga fol işlatişidan oldin Deyan Lovren ofsaydda qolganini aniqlaşdi. Umuman olganda, xorvatlar ilk daqiqalardanoq özini qoniqtiradigan durang hisob uçun öynamasligini namoyiş etişdi va Ekvador hamda Eronning xatosini takrorlamadi.
Ammo birinçi bölimdagi eng xavfli hujumni aynan Belgiya taşkillaştirdi, hujum çiziği vakillari eng yaxşi yillaridagi kabi harakatlanişdi, ammo Dris Mertens de Bryuynening pasidan keyin qulay vaziyatda turib töpni yuqoriga tepdi. «Qizil iblislar» qançalik sifatli öyin körsatganini xG böyiça ustunlik ham körsatadi — 0,98 ga qarşi Xorvatiyada 0,36. Belgiyaliklar darvoza sari birorta aniq zarba bermagan bölsa-da, öyin dinamikasi va kayfiyat Kanada va Marokaşga qarşi öyinlardagidan ança yuqori edi.
Tanaffusdan keyin esa darvoza sohasi tomon aniq zarbalar ham böla boşladi, ikkinçi bölimning dastlabki 10 daqiqasida Xorvatiyaning özida uçta şunday vaziyat böldi. Ammo Kurtua marokaşliklarga qarşi öyindagi xatolarini yuvdi va formasi joyida ekanini körsatdi. Belgiyada esa Lukaku maydonga tuşgaç, 4-2-3-1 sxemasi çinakamiga iş bera boşladi, jamoa hujum qilişi osonlaşdi.
Ikkinçi bölimda Belgiya turnirdagi eng yaxşi öyinini namoyiş etdi va öz navbatida Xorvatiya ham munosib harakat qildi. Bu esa öyin sifati va tomoşabopligini ta’minladi. 20 yoşli Jyeremi Doku maydonga tuşgaç, belgiyaliklar öyini yanada kuçaydi, holbuki Martines Yevropa çempionatida yorqin öyin körsatgan uşbu vingerga bir yarim yildan buyon deyarli imkon bermayotgandi, keçaning eng omadsiz insoni esa — bu mavsumda deyarli öynamagan Lukaku böldi, u gol urmaslik qiyin bölgan uçta qulay imkoniyatni yöqqa çiqardi.
Endi futbol ahli Belgiyaning oltin avlodi bilan xayrlaşdi. Sönggi bir yarim yillikda faxriylarni saqlab qoliş bilan birga tarkibni yoşartiriş işlarini olib borgan Xorvatiya esa iştirokini davom ettiradi.
Marokaş Belgiya va Xorvatiyani ortda qoldirib, 36 yil içida ilk bor pley-offga çiqdi
Afrikada barçasi kutilmaganda juda tez özgarişi mumkin. Marokaşliklar tarixi esa bu tezisni tasdiqlaydi. Yil boşida Afrika Kubogi arafasida boş murabbiy Vahid Xalixojiç jamoa yetakçilari Ziyoş va Mazraviyni özaro ziddiyat tufayli tarkibga çaqirmagan, natijada «Çelsi» yarimhimoyaçisi terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani haqida e’lon qilgandi.
Bunday ijroçilardan voz keçiş — futboldagi jinoyat edi, lekin «Atlas şerlari» turnirni yaxşi ötkazişdi. Guruh bosqiçidan işonç bilan çiqişdi va pley-offning birinçi raundidan ham ötişdi, keyin esa dramatik keçgan çorakfinal öyinida qöşimça daqiqalarda Misrga mağlub bölişdi. Öşa turnirda Hakimi jamoaning yangi yetakçisiga aylangandi. Jamoada Ziyoş borligida («PSJ»da Messi va Neymar borligida bölgani kabi) u jarima zarbalarini ijro etişni xayoliga ham keltirolmasdi, qit’a birinçiligida esa standartdan ikkita ajoyib gol urdi.
Ammo Xalihojiç öz taqdiridan qoçib qutula olmadi. U törtta turli jamoalarni jahon çempionatlariga olib çiqqan va faqat bir marta, 2014 yilgi turnirga Jazoir bilan kelgan. Marokaşliklar ham turnir qolganiga bir neça oy qolganida bosniyalik mutaxassis bilan şartnomani bekor qilişdi, avvalroq bu iş u Kot-d'Ivuar va Yaponiya bilan işlaganida ham sodir bölgandi. Federatsiyadagilar uning örniga mahalliy mutaxassisni — milliy jamoaning sobiq futbolçisi Valid Regragini qöyişdi, u klublar darajasida Qatar va Marokaş çempionatlarida ğolib çiqqan, may oyida «Vidad» klubini Afrika Çempionlar ligasida çempionlikka olib kelgandi.
Natija esa — sönggi tur arafasida 1986 yildan buyon ilk bor mundial pley-off bosqiçiga çiqiş imkoni saqlab qolindi. Bu öyinga barça tayyor holatda edi, jumladan Monrealda tuğilgan, ötgan turda Belgiyaga qarşi öyin arafasida madhiyani ijro etiş çoğida özini yomon his qilgan darvozabon Bunu ham. Ammo bu safar darvozabon böyiça muammo şimoliy amerikaliklarda yuzaga keldi — Boryan öyin boşidayoq Marokaşga gol sovğa qildi. U töpni şunçaki uzoqlaştirib yuborişi mumkin bölgan holatda Ziyoşning oyoğiga taşlab berdi va yarimhimoyaçi böş darvozani işğol etdi.
Tezkor goldan keyin kanadaliklar sönggi turda uç oçko olib, belgiyaliklarga yordam berib yuborişi mumkinligi haqidagi farazlar yöqqa çiqa boşladi. Holbuki Jon Herdman nafaqat tarkibni yangilagan, balki Xorvatiya bilan öyinda mudofaa çiziği muvaffaqiyatsizlikka uçraganidan keyin uç markaziy himoyaçidan iborat jamoaning odatiy sxemasiga qaytilgandi. Faqat «Atlas şerlari» tarkibidagi futbolçilar iştiyoqi va mahorati barçasini hal qildi.
«Sevilya»da har safar turliça mavsum ötkazadigan An-Nosiriy — darajadagi farqni körsatib berdi, u ikki jahon çempionatida gol urgan ilk marokaşlik futbolçiga aylandi. Birinçi bölim oxirida esa afrikaliklar himoyaçisi öyinga intriga qaytardi. Avvaliga «Vest Hem» futbolçisi töpni öz jamoasi darvozasiga kiritib yubordi va bu bilan Qatardagi ilk avtogol muallifi hamda yuzinçi gol muallifiga aylandi. Keyin esa u An-Nosiri gol urgan vaziyatda ofsaydda qolib ketgani uçun gol bekor qilindi.
Şu voqealar tufayli öyin oxiriga qadar keskinlik ösib bordi. Raqib safida Deyvis va Hatçinson kabi futbolçilar borligida bu tabiiy edi. 39 yoşli sardor bu öyinni zaxira örindiğida boşlagan va ikkinçi bölimda tetik holda maydonga tuşib, darvozani işğol qilişiga bir baxya qoldi. Marokaşliklarni töp tösindan darvoza çiziği ustiga tuşişi qutqarib qoldi. Sönggi daqiqalarda esa Bunu asabiylaşişiga töğri keldi.
A result which saw Morocco reach the #FIFAWorldCup knockout stage for the first time in 36 years 👏
See highlighs from their 2-1 win over Canada on FIFA+ 👇
Marokaşliklar pley-offga şunçaki yöl olişmadi — ular Belgiya va Xorvatiya bilan bir guruhda birinçi örinni egallaşdi, mundial startida buni heç kim xayoliga keltira olmasdi. Ammo Afrika bu turnirda yaxşi iştirok etmoqda va «Atlas şerlari» Senegaldan qolişişni istamadi. Qora qit’aning ikki vakili kuraşda qolmoqda.