1 dekabr kuni Toşkentdagi Hilton mehmonxonasida, biznes hamjamiyati iştirokida “Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölişida xususiy sektor oldida turgan muammolar va imkoniyatlar” mavzusida davra suhbati bölib ötdi.
Unda nutq sözlagan investitsiyalar va taşqi savdo vaziri örinbosari Badriddin Obidov xalqaro tajribada JSTga a’zo böliş bir qator iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sir qilişi mumkinligi haqida gapirdi.
“Öz navbatida, bunday xavflarni qat’iy muzokaralar va alohida sektorlar uçun qöşiliş oqibatlarini çuqur örganiş böyiça tadqiqotlarni amalga oşiriş orqali bartaraf etiş imkoniyatlari mavjud. Yuqoridagilarni anglagan holda yetakçi xalqaro va milliy ekspertlarni jalb qilib, Özbekistonning JSTga a’zoligidan kelib çiqadigan salbiy oqibatlarni baholaş va minimallaştiriş böyiça bir qator ilmiy-tadqiqot işlari olib borilmoqda”, – deya Obidovning sözlari keltirilgan vazirlik matbuot xizmati Kun.uz'ga taqdim etgan press-relizda.
Ma’lum bölişiça, töqimaçilik, elektrotexnika, avtomobilsozlik, metallurgiya, kimyo va boşqa tarmoqlar uçun JSTga a’zo böliş oqibatlarini baholaşga qaratilgan tadqiqotlar olib borilmoqda.
Kun.uz vazirlik boş mutaxassisi Alijon Aliyevdan bu borada batafsil gapirib berişni söradi. Uning aytişiça, vazirlik tadqiqot natijalaridan taşkilotga a’zo davlatlar bilan muzokaralarda pozitsiya va majburiyatlarni şakllantirişda foydalanadi.
“Xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda BMTning Taraqqiyot dasturi bilan birgalikda iqtisodiyotimizning qator tarmoqlariga JSTga qöşiliş oqibatlarini örganiş böyiça ilmiy-tadqiqot işlarini olib boryapmiz. Haqiqatan, töqimaçilik, elektrotexnika, kimyo va avtomobilsozlik kabi tarmoqlarga JSTga qöşiliş oqibatlari haqida ilmiy tadqiqotlar olib boryapmiz va natijalardan JSTga a’zo davlatlar bilan muzokaralar davomidagi pozitsiya va majburiyatlarni şakllantirişda foydalanamiz. Bu ilmiy tadqiqotlardan foydalangan holda negativ oqibatlarini yumşatiş böyiça çoralarni köramiz”, – dedi u.
Özbekistonda avtomobilsozlik bozori davlat monopoliyasi hisoblanadi va iste’molçilar bu monopoliyadan jabr çekib keladi. JSTga kiriş jarayonida avtomobilsozlik böyiça rasmiylar tutayotgan yöl özbekistonliklarning JSTga qöşilgaç sohada raqobat şakllanişiga oid umidlarini puçga çiqarmaydimi, degan Kun.uz savoliga Aliyev quyidagiça javob berdi.

















